2020 yilning birinçi yarmida Özbekistonda firibgarlik jinoyatlari soni bir yil oldingiga qaraganda ikki barobarga köpayib, olti oyda 3881 tani taşkil etdi. Texnologiyalar rivojlangani sari firibgarlikning yangidan yangi turlari paydo bölmoqda.

Kun.uz uşbu dolzarb mavzuda kurerlik firmasi rahbari Azamat Abdullayev, OLX.uz sayti rahbari Doniyor Turğunov bilan suhbatlaşdi.

«Bir kunda 20–35 million söm firibgarlik yöli bilan öğirlanmoqda»

Azamat Abdullayev rahbarlik qilayotgan kurerlik firmasi 3 yildan buyon Özbekiston hududida yetkazib beriş xizmatlarini körsatib keladi, xizmat internetda öz saytiga ega. Uning aytişiça, bir neça kun oldin firibgarlar tuzoğiga tuşgan köplab fuqarolar firmaga murojaat qila boşlagan.

«Aytaylik, siz OLX.uz saytidan tovaringizni sotyapsiz. Firibgar esa sizga aloqaga çiqib, kartangizdan bor pulni yeçib olyapti. Aslida, sizga pul ötkazişi kerak. Masalan, siz telefon sotyapsiz. Firibgar sizga aloqaga çiqadi. Eng qiziği, ular faqat Telegram'dan aloqaga çiqişadi. Telegram orqali aloqaga çiqilganda firibgarlar telefon raqamini körişning iloji bölmaydi. Ular sizning tovaringiz haqida hamma ma'lumotlarni söraydi. Siz, tabiiyki, ularga tovaringiz haqida ma'lumot berasiz.

Keyingi harakat pul oldi-berdi masalasi böyiça böladi. Ular: «Men toşkentlik emasman, tovarni yetkazib berişni iloji bormi?» deb söraydi. Sotuvçi agar yetkazib beriş pullarini tölab berişsa, farqi yöqligini, yetkazib berişini aytadi. Firibgar yetkazib beriş xizmatiga murojaat berib qöyişini, sotuvçidan kelib olib ketişini aytib qöyadi.

Azamat Abdullayev

Şundan söng sotuvçida pulni kim beradi degan savol paydo böladi. Firibgarlar pulni yetkazib beruvçi firma berişini, faqat ulardan avtorizatsiyadan ötiş kerakligini aytadi. Ya'ni: «Men seni tanimayman, pulni berib yuborsam, sen aldaşing mumkin. Şuning uçun yetkazib beruvçi firma örtada kafil bölib beradi», – deyişadi.

Firibgarlar yetkazib beruvçi firmaga murojaat qilganini aytadi. Firmamizning saytiga öxşatib yasalgan soxta nusxasini berişadi. Lekin u yerda ma'lumotlar özgartirilgan holatda berilgan. Asosiysi, havolalar bizning saytga ketadi. Ammo örtadagi ma'lumot özgartirilgan. Aynan şu joyidan hammasi boşlanadi. Tovarning nomi, ma'lumotlari va firibgar «ötkazgan» mablağlar haqida ma'lumotlar beriladi. Ma'lumotlarga asosan yana boşqa havolaga kiriş kerakligi aytiladi. Tovar yuboruvçi şu havola orqali kiradi. Körib turibdi: hamma ma'lumotlar töğri. «Pulni qabul qiliş» degan joyini bosadi. Şundan söng yangi sahifaga ötiladi.