Jahon | 17:21 / 31.10.2020
2444
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonada COVID-cheklovlarga qarshi norozilik namoyishi tartibsizliklarga aylanib ketdi

Tartibsizliklar bir guruh yoshlarning politsiya xodimlariga tosh va petardalar uloqtirishidan so‘ng boshlangan.

Foto: REUTERS /Nacho Doce

Barselonada koronavirusga qarshi kurashish doirasida kiritilgan cheklovlarga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida bir necha yuz kishining politsiya bilan to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda El Pais gazetasi yozmoqda.

Xabar qilinishicha, tartibsizliklar bir guruh yoshlarning politsiya xodimlariga toshlar va petardalar uloqtirishidan so‘ng boshlangan. OAVda tarqalgan videolavhalarda shuningdek, tartibsizliklar qatnashchilari do‘kon oynalarini sindirib, uning ichidagi mahsulotlarni olib chiqib ketishayotgani aks etgan.

Politsiya 12 kishini qo‘lga olgan.

Barselona politsiyasi boshlig‘i Pere Ferrer tartibsizliklar ishtirokchilarini "ultrao‘ng guruhlarning o‘ta tajovuzkor va uyushgan a'zolari" deb atadi.

Tartibsizliklar shuningdek, Ispaniyaning boshqa shaharlarida ham yuz bergani aytilmoqda.

Foto: REUTERS /Nacho Doce
Foto: REUTERS /Nacho Doce
Foto: REUTERS /Nacho Doce
Foto: REUTERS /Nacho Doce
Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid