23:12 / 01.11.2020
2764

Formula-1: Lyuis Hemilton navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

“Mersedes” jamoasi a'zosi, amaldagi chempion Lyuis Hemilton “Formula-1” poygalarining Italiyada o‘tgan 13-bosqichi - Emiliya-Romanya gran-prisida g‘alaba qozondi. Bu britaniyalik poygachining faoliyatidagi 93-g‘alabasi bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Imoladagi avtodromda o‘tgan poygani “Mersedes”ning yana bir vakili Valtteri Bottas ikkinchi, “Reno” a'zosi Deniyel Rikkyardo esa uchinchi bo‘lib yakunlagan.

“Mersedes” jamoasi o‘z poygachilari - Lyuis Hemilton va Valtteri Bottasning yuqori natijalari evaziga konstruktorlar kubogida muddatdan oldin g‘alaba qozondi. Bu jamoaning qatorasiga yettinchi marta qo‘lga kiritgan g‘alabasi hisoblanadi.

Hemilton 282 ochko bilan umumiy jadvalda peshqadamlikni saqlab qolmoqda va 7-chempionlik unvoni sari olg‘a yo‘nalmoqda. 2-o‘rinni 197 ochko bilan Bottas, 3-o‘rinni 162 ochko bilan Maks Ferstappen egallamoqda.

Mavsumda yana 4 ta bosqich o‘tkazilishi qoldi. Poygalarning keyingi bosqichi Turkiyada 12-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top