SNN Oq uy xodimlari Jo Baydenga yashirincha yordam berayotganlarini ma'lum qildi
Oq uyning AQSh prezidenti Donald Trampga yaqin o‘nlab xodimlari prezident lavozimiga Demokratik partiya nomzodi Jo Baydenning saylovoldi shtabi vakillari bilan yashirincha hamkorlik qilayotgani ma'lum qilindi. Ular raqib tomon vakillari bilan Baydenning saylovlarda g‘alaba qozonishi holatiga unga hokimiyatning topshirilishi sxemasi ustida ishlashmoqda.
SNN telekanalining xabar berishicha, Oq uy xodimlari apparati rahbari Mark Medouz va Trampning Oq uydagi siyosiy muvofiqlashuv uchun mas'ul yordamchisi Kristofer Liddel bir necha oydan beri Baydenning saylov shtabi bilan hamkorlik qilmoqda.
Bu hamkorlikdan maqsad esa hokimiyatning davlat apparatiga maksimal bezarar topshirilishi hisoblanadi.
Baydenning vakillari Tramp saylovlar natijalari uning foydasiga bo‘lmasa, ular bo‘yicha bahslashishi mumkinligini hisobga olib, voqealarning eng yomon rivojiga tayyorlanishmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Baydenning o‘tish jamoasi kamida 150 kishidan iborat va u saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, inauguratsiyasigacha 300 kishiga yetadi. Bu jamoadagi odamlar masofadan ishlamoqda, biroq ular haqiqatda AQSh moliya vazirligida joylashgan. Ularning vazifalariga hukumat tarkibida xodimlar o‘zgartirilishini amalga oshirish, u yoki bu lavozimlarga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish, Baydenning prezident lavozimiga kirishganidan keyingi ilk farmonlari loyihasini tayyorlash kiradi.
Ta'kidlanishicha, Bayden bu faoliyatning barcha tomonlaridan xabardor, biroq irimchiligi sababli g‘alaba qozonganiga amin bo‘lmaguncha, hech qanday qarorlar qabul qilmoqchi emas.
Avvalroq Tramp qanday vaziyatda saylovlarda mag‘lubiyatga uchraganini tan olishga va hokimiyatni raqibiga topshirishga tayyor bo‘lishi haqidagi savolga aniq javob bermagan va shunchaki “adolatli saylovlar bo‘lishini” istayotganini aytgan.
Mavzuga oid
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024