Jahon | 15:59 / 02.11.2020
4208
1 daqiqa o‘qiladi

Tartibsizliklar yuz berishi ehtimoli tufayli Oq uy atrofi qo‘shimcha to‘siq bilan o‘raladi

Ushbu to‘siq yozda ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida AQSh ma'muriyati rahbarining qarorgohi atrofiga qo‘yilgan to‘siqlar bilan bir xil bo‘ladi.

Foto: Yandex

AQSh federal hukumati mamlakatda 3 noyabrda o‘tkaziladigan saylovlar bilan bog‘liq ehtimoliy tartibsizliklar tufayli Oq uy atrofiga qo‘shimcha to‘siqlar o‘rnatadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib SNN telekanali xabar berdi.

Telekanalning ma'lumot berishicha, ushbu to‘siq yozda ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida AQSh ma'muriyati rahbarining qarorgohi atrofiga qo‘yilgan to‘siqlar bilan bir xil bo‘ladi.

Oq uy xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanuvchi maxfiy xizmat ushbu xabar bo‘yicha hozircha izoh bermadi.

AQShda 3 noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda prezident va vitse-prezident, 35 nafar senator, vakillar palatasining barcha 435 a'zosi, 13 shtat gubernatorlari saylanadi. AQSh prezidentligi uchun respublikachi Donald Tramp va demokrat Jozef Bayden kurash olib boradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid