Jahon | 11:36 / 03.11.2020
6386
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada zilzila qurbonlari soni 100 kishiga yetdi

30 oktabr kuni Turkiyaning g‘arbiy qismida yuz bergan kuchli zilzila 100 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda mahalliy NTV telekanali qutqaruv xizmatlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Foto: Reuters

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yana 994 kishi turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 147 kishi kasalxonalarda qolmoqda. 

6,6 magnitudali zilziladan Izmir shahri eng ko‘p talafot ko‘rdi. Hodisadan so‘ng 1400dan ortiq takroriy zilzila qayd etildi. Izmirda yigirmaga yaqin bino vayron bo‘ldi. Qutqaruvchilar shaharda vayronalarni tozalashda davom etmoqda. 

Avvalroq, Izmirda kuchli zilziladan keyin qulab tushgan uylarning qurilishiga aloqador 9 kishi hibsga olingandi. Ularning hibsga olinishiga orderni Izmir prokuraturasi bergan.

Bundan tashqari, yana ikki gumonlanuvchi qidirilmoqda. Ta'kidlanishicha, hibsga olinganlar orasida qurilish kompaniyasi pudratchilari hamda qurilish loyihalarining texnik ekspertizasini o‘tkazuvchi mutaxassislar bor.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid