Muqobil energiya manbalari bo‘yicha loyiha investori belgilandi
Vazirlar Mahkamasi “Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyani qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda investor o‘rtasida 2019 yilda Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsiya bitimi imzolangan.
Norma’ning yozishicha, bugungi kunda investor o‘z huquq va majburiyatlaridan voz kechmoqda. Shu munosabat bilan “Nur Navoi Solar” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga (loyiha kompaniyasi) investor maqomi, huquqlari va majburiyatlari tatbiq etildi.
Moliya vazirligiga Jahon banki va “Natixis” banki shartnomasi doirasida O‘zbekistonga maqbul shakldagi JB va “Natixis” banki xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi bitimni imzolash topshirildi.
Loyiha kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) istisno tariqasida ozod qilinadi.
Hujjat 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024