Jahon | 07:47 / 06.11.2020
3209
1 daqiqa o‘qiladi

BMT koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha davlatlar rahbarlari darajasida sammit o‘tkazadi

Foto: Global Look Press

3-4 dekabr kunlari BMT Bosh assambleyasining koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan maxsus sammiti o‘tkaziladi. Unda davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Avvalroq bunday sammit o‘tkazish tashabbusini Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bildirgandi.  

Bosh assambleyaning amaldagi raisi Vulqon Bozkir Aliyevning ushbu tashabbusini qutlagan. “Pandemiya bilan bog‘liq favqulodda vaziyat zimmamizga maxsus sessiyani iloji boricha tezroq o‘tkazishni yuklamoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Bozkir. Uning ta'kidlashicha, ushbu mavzuning bunday yuqori darajada muhokama qilinishi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha keyingi harakatlarga turtki beradi.

Sentyabrda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish insoniyat pandemiya sinovidan o‘ta olmaganini, pandemiya insoniyat uchun Ikkinchi jahon urushi tugashi va BMT tashkil etilishi bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan buriluvchi on bo‘lganini aytgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid