Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda demografik vaziyat to‘g‘risidagi hisobotda o‘lim holatlari statistikasi ochiqlanmadi
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning demografik holatiga oid hisobotni e'lon qildi.
Qo‘mita so‘nggi yillar davomida ilk bor, ya'ni O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida kuzatilgan o‘lim holatlari statistikasini demografik holat to‘g‘risidagi choraklik hisobotiga kiritmadi.
Bunga qadar o‘limlarga oid raqamlar har choraklik va (yarim) yillik hisobotlarda muntazam ochiqlab kelinayotgandi.
Davlat statistika qo‘mitasining Gazeta.uz’ga xabar berishicha, o‘lim holatlari statistikasini shakllantirish uchun mas'ul bo‘lgan Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etmagan. Adliya vazirligi esa Davlat statistika qo‘mitasida barcha ma'lumotlar mavjudligini bildirgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘rovga javob bermagan.
Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sababli vafot etganlar soni iyul oyida 26,4 foizga, Toshkent shahrida esa 2,6 martaga oshgani hisoblab chiqilgandi.
Mavzuga oid
10:55 / 22.06.2026
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni qariyb 5 millionga yetdi
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
11:10 / 17.06.2026