O‘zbekiston | 09:30 / 06.11.2020
3580
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat stomatologiya instituti Finlandiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda «Tibbiyot va innovatsiya» xalqaro ilmiy jurnalini tashkil etdi

Ushbu «Medicine and innovations» nomli xalqaro ilmiy jurnal TDSI va JAMK universiteti orasida tuzilgan memorandum asosida tashkil etildi.

Unda ta'lim va ilmiy-amaliy muassasalari doktorantlari, mustaqil izlanuvchilarning ilmiy izlanishlari natijalariga doir maqolalar, shu bilan birga tibbiyot sohasining turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan olimlarning mintaqa va jahondagi dolzarb muammolarning izchil tadqiqotlariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari muntazam berib boriladi.

«Medicine and innovations» ilmiy-amaliy jurnalining asosiy maqsadi davlat ta'lim standartiga muvofiq zamonaviy dasturlar asosida o‘qitishning sifatini ta'minlash, ilmiy pedagogik kadrlar va ta'lim oluvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati, ilmiy tadqiqotlari yordamida fan-texnika texnologiyalarini rivojlantirish, tibbiyot va ta'lim jarayoni orqali mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan mavzularda materiallarni yoritishga yo‘naltirilgan.

Jurnal tahririyati Finlandiya, Angliya, Italiya, Chili, Rossiya va Qozog‘iston davlatlarining yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarining professorlaridan iborat.

Jurnal xalqaro bazalarga, xususan, Scopus, Webofscience, RINsga a'zo qilinmoqda. Shuningdek, ushbu jurnal orqali xorijiy hamkasblar bilan tibbiyotning turli yo‘nalishlarida yaratilayotgan innovatsiyalar bo‘yicha bilim va tajriba almashish maqsad qilingan.

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati

Mavzuga oid