Toshkent viloyatida Milliy gvardiya harbiy kiyimini kiyib olgan bosqinchilar ushlandi
2020 yilning 31 oktabr kuni soat 22:00da 36 yoshli J.P. jinoiy sheriklari, 36 yoshli A.I. va 51 yoshli B.A. bilan birgalikda bosqinchilik sodir etish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular qora rangli mato bilan yuzlarini yashirib, egniga Milliy gvardiya harbiy kiyimini kiyib, rezina tayoqcha va qo‘l kishani hamda pnevmatik o‘q otar qurol bilan qurollangan holda, A.I.ning boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinada Toshkent viloyati Toshkent tumani, Tutzor mahallasi, Nurmakor ko‘chasiga kelgan.
Qayd etilishicha, bu shaxslar mazkur ko‘cha bo‘ylab Lacetti rusumli avtomashinada uyiga kelayotgan 47 yoshli U.R.ning yo‘lini to‘sgan holda to‘xtatib, unga hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qo‘llarini orqa tarafga qayirgan holda kishanlab, bosqinchilik sodir etgan.
Ular fuqaro U.R.ni Lacetti rusumli avtomashina orqa o‘rindig‘iga o‘tkazib, olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu shaxslardan qo‘l kishani, rezina tayoq, pnevmatik o‘q otar qurol, “Milliy gvardiya” xizmat kiyimi va niqoblar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, Matiz rusumli avtomashina salonidan J.P., A.I. va B.A. tomonidan qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan avtoraqamlar aniqlanib, ushbu davlat raqamlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar J.P., A.I. va B.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 227-modasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) va 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida yuqoridagi fuqarolar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024