Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakati e'lon qilindi
Portugaliya – 2020 yilda Yevropada sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakat deb topildi. Mamlakat xalqaro hakamlardan tashkil topgan jamoa tomonidan World Travel Awards mukofotiga to‘rtinchi bor loyiq ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, Portugaliyadagi ko‘plab sayyohlik obektlari ham ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi. Xususan, mamlakat janubi Algarve sohillari ham Yevropada eng yaxshi plyaj dam olish hududi deb tan olindi.
Mukofotga nomzodlar orasida Portugaliyadan tashqari Avstriya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya va Turkiya ham bor edi.
World Travel Awards mukofoti har yili Butunjahon turizm va sayyohlik kengashi tomonidan beriladi. Mukofotga dunyo miqyosida hamda 8 ta xalqaro regional miqyosda nomzodlar tanlab olinadi. Bundan tashqari, eng yaxshi tarixiy obidalar, mehmonxona va otellar, aviakompaniya va transport tizimi kategoriyalari bo‘yicha ham nomzodlar taqdirlanadi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
19:32 / 24.06.2026
0:5. Bu nima edi? | JCh kundaligi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
23:59 / 23.06.2026