Suhbat davomida Muhayyo Asilovadan Özbekistonda koronavirus aniqlangan dastlabki kunlar va oylab uyga bormay karantin şaroitida faoliyat yuritişning maşaqqatlari haqida söradik.
«Uydan çiqib ketayotganimda nevaram 7 oylik edi. Qaytsam, u bir yoşdan oşgan, ança katta bölib qolgan», – deydi şifokor.
«Birinçi bemorning oldiga dastlab yolğiz kirişimga töğri keldi»
— Hozir 8 oy oldin bölgan hodisani eslasam... 15 mart, soat [tungi] 3. Menga telefon qilişyapti: «Opa, bizda COVID-19 uçun musbat natija çiqdi. Nima qilamiz?»
Bir vaqtning özida ham vahima, ham javobgarlik paydo böldi. Çunki öşa vaqtda bizda, Virusologiya ilmiy-tekşiriş institutida 190 nafar kasal yotgandi. Ularning içida diareya, OIV, jigar sirrozi bilan kasallanganlar bor. COVID-19 kasalligi aniqlangan bemorni soat 3da aytişgan bölsa, uni keçqurun 12da olib kelişgan va yotqizişgan. Unda musbat böladi degan ehtimoli bor edi va bu tasdiqlanganidan keyin bizdagi alohida bölimga ötkazilgan.

Ertalab kirib keldim. Bu yerda davolanayotgan 190 bemorni tarqatiş kerak bölyapti. Ularning hammasiga töğri tuşuntirişimiz, «COVID-19 bilan kasallangan birinçi bemor şifoxonamizga olib kelindi, endi sizlarni çiqarib yuborişimiz kerak», deyişimiz kerak. Kasallar orasida bir kun oldin yotgani bor, hali tuzalmaganlari bor. Ularning hammasini tarqatib, kasallar uçun boşqa bölimlarni tayyorlaşimiz kerak...
Eng qiziği, ertalab COVID-19 bölgan kasalning oldiga kirib kelayotganimda mendan xodimlar bemorning oldiga kirasizmi, deb söraşdi. «Men kirmasam, sizlar kirasizlarmi?» deb ulardan söradim. Ularda ham qörquv bor, ular ham qörqişyapti. Butun dunyoda vahima bölyapti. Şunday qilib, maxsus kiyimlarning hammasini kiyib xonaga kiryapman. Qarasam, yonimda heç kim yöq... (kuladi)
Keyin sal vaziyatga moslaşib, boşqa şifokorlar ham kirişdi. U paytda hali özimizda tajriba yöq, faqat Xitoy tajribasiga qaraşimiz mumkin edi. Davolaş uçun ham hozirgi kabi mukammal şaroitlar yaratilmagan edi.
Birinçi bemorning oldiga kirganimizda, közlarida şunçalik qörquv bor edi. Özlari ham şifokor bölganlari uçun virusga oid çet el ma'lumotlarini olganlar. Şuning uçun endi pnevmoniya bölamanmi, oilam nima qiladi, degan hadik bor edi. Kirişim bilan mendan suv sörab, endi oilam nima qiladi, deb söradilar. Çunki oilalarida köpçilik virus yuqtirgan edi. Ularda ham boşida biroz vahima böldi, 1-2 kundan keyin esa özlariga kelişdi.












