«Nafaqa bu pensiya emas. Ijtimoiy tarmoqlarda nafaqa va pensiya tuşunçalarini çalkaştirib yuborişadi. Bu ikki xil narsa. Nafaqa — iş staji yöq odamga beriladi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan mablağ. Pensiya esa şu fuqaro faqat pensiya jamğarmasiga öz hissasini qöşgandan keyingina tayinlanadi.

Bu nima degani? Çet elda işlayotgan fuqaro ixtiyoriy tarzda jamğarmaga öz hissasini qöşsa, qonunçilikda belgilangan miqdorda ijtimoiy soliqlarni ötkazgan taqdirda, uşbu fuqaroning iş staji hisoblanadi. Tölangan mablağlaridan kelib çiqib, pensiya miqdori belgilanadi.

Misol uçun, bir fuqaro çet elda, deylik Rossiyada işlab keldi. U (erkak) 25 yillik iş stajiga ega. Ijtimoiy suğurtalangan iş staji bor. Bundan taşqari, çet elda işlagan 5 yillik iş staji bor. Pensiya jamğarmasiga tölanadigan ixtiyoriy ijtimoiy tölov summasining yuqori poğonasi belgilanmagan, minimumi belgilangan. Kami bilan bunça tölaysan, köpi bilan xohlaganingça tölagin, deb qöyganmiz.

Fuqaroning özi uçun pensiya köproq kerakmi? Marhamat, pulingiz bormi, 111 ming söm emas, 1 mln söm tölang. Albatta, 1 mln söm tölagan (çet elda işlab kelgan) fuqaroning pensiyasi bilan 111 ming söm tölagan fuqaroning pensiyasi farqli böladi.

Demak, öşa fuqaro iş stajini bajarsa, Pensiya jamğarmasiga qança köp pul ötkazsa, bu fuqaroning pensiyasi ham köproq böladi

Pensiya qança böladi, degan savolga aniq javob bera olmayman. Çunki pensiya tayinlaşda har bir fuqaroga personal yondaşiladi. Şuni bilişimiz kerak. Har bir fuqaroning oylik iş haqi har xil. Siz mana bunça pensiya olasiz, deb buni OAVda aytişga mening haqqim ham yöq. Çunki bizda hozirgi kunda 3 mln 600dan ortiq pensionerlarimiz bölsa, ularning pensiyalari har xil», deya Abror Xolmatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.