Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
Mamlakat prezidenti saxovatpesha odamlarga minnatdorlik bildirdi.
Tojikistonning Dang‘ara tumanidan 80 nafar fuqaro Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan bo‘lsa, ularning 40 nafari safardan voz kechib, shu maqsadda tejalgan mablag‘ni tumanni obodonlashtirishga yo‘naltirdi. Bu haqda prezident Imomali Rahmon Dang‘ara tumanida viloyat, shahar va tumanlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar-yig‘ilishda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dang‘aralik «saxovatli tadbirkorlar va aholi» o‘z tumanini obodonlashtirish va turli obektlar qurishga 2 milliard 300 million somoniy ($223 mln) sarmoya kiritgan. Shundan 628 million somoniy ($61 mln) ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy obektlar qurilishiga sarflangan.
Masalan, Pushing va Korez qishloqlarida aholi va tadbirkorlar tomonidan 4800 o‘rinli 5 maktab, bolalar bog‘chasi, sog‘liqni saqlash muassasalari, 7 ta ishlab chiqarish korxonasi barpo etilgan.
«Bu mablag‘lar tadbirkorlar va aholi hisobidan to‘plandi», dedi prezident va boshqa rahbarlarga Dang‘ara viloyati tajribasini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Tojikistonning barcha tadbirkorlari, saxovatpesha insonlari va barcha aholisiga mamlakat hukumati tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildiraman», deb yakunladi Rahmon.
Mavzuga oid
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
07:09 / 02.06.2026