Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin birdaniga besh nafar vazirni ishdan bo‘shatdi
Hukumat rahbari Mixail Mishustin Energetika vazirligidan ozod qilingan Aleksandr Novakni Bosh vazirning 10-o‘rinbosari etib tayinlashni taklif qildi.
Foto: Alexei Druzhinin /DPA
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 9 noyabr kuni birdaniga besh nafar vazirni lavozimidan ozod qildi.
Putinning farmoni bilan tabiat resurslari va ekologiya vaziri Dmitriy Kobilkin, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Vladimir Yakushev, Transport vaziri Yevgeniy Ditrix, energetika vaziri Aleksandr Novak va Uzoq Sharqni rivojlantirish vaziri Aleksandr Kozlov lavozimidan ozod etildi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Kozlovni Tabiat vaziri etib tayinlash taklifini berdi. U shuningdek, Energetika vazirligiga “Rusgidro” rahbari Nikolay Shulginovni, Transport vazirligiga “Aeroflot” rahbari Vitaliy Savelevni, Qurilish vazirligiga ushbu vazirlikning birinchi o‘rinbosari Irek Fayzullinni hamda Uzoq Sharqni rivojlantirish vazirligiga Uzoq Sharqni rivojlantirish fondi boshlig‘i Aleksey Chekunkovni rahbar etib tayinlash to‘g‘risida Dumaga taklif kiritdi.
Mishustin Energetika vazirligidan ozod qilingan Aleksandr Novakni Bosh vazirning 10-o‘rinbosari etib tayinlashni taklif qildi. Shu paytga qadar Rossiya hukumati rahbarining o‘rinbosarlari to‘qqiz nafar edi.
Putin qurilish vazirligidan bo‘shatilgan Yakushevni o‘zining Ural federal okrugidagi siyosiy vakili etib tayinladi.
Mavzuga oid
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45 / 17.01.2026