Apple ayfonlarni yig‘uvchi kompaniya bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va boshqa qurilmalarini yig‘uvchi Pegatron kompaniyasi bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatdi. Aniqlanishicha, Tayvanda joylashgan kompaniya o‘z korxonalarida talabalar ishchi kuchidan qoidalarga zid ravishda foydalangan.
Pegatron AQSh kompaniyasining eng muhim hamkorlaridan hisoblanadi. Uning fabrikalarida iPhone 12’ning ba'zi modellari yig‘iladi.
Pegatron’ning Xitoyda talabalarni ishga joylash bilan shug‘ullangan ba'zi korxonalari ortiqcha ish soatlari va tungi smenalarni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgan. Bundan tashqari, talabalar ba'zida o‘z ixtisosligiga aloqasi bo‘lmagan boshqa ishlar bilan ham shug‘ullangan.
“Pegatron o‘z dasturi doirasida ishlovchi talabalarni noto‘g‘ri tasniflagan va kodeksimizning buzilishi holatlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgan. Talabalar tungi smenalarda yoki me'yoridan ortiqcha ishlashgan, ba'zilari esa o‘z ixtisosligi bilan bog‘lanmagan ishlarni bajarishgan”, deyilgan Apple bayonotida.
Talabalarni ishga joylash dasturi rahbari ishdan olingan, Tayvan kompaniyasiga esa sinov muddati belgilangan. Bu muddat ichida Pegatron barcha qoidabuzarliklarni bartaraf etishi lozim, yo‘qsa unga yangi buyurtmalar berilmaydi.
2013 yilda China Labor Watch (CLW) huquqni himoyalash tashkiloti Pegatron’ning Xitoydagi bir nechta fabrikasida qoidabuzarliklarni aniqlagan. Jumladan, kompaniya balog‘at yoshiga yetmaganlarni yollashda, kam maosh to‘lashda, atrof-muhitni ifloslantirishda, yomon va hayot uchun xavfli ish sharoitlarida ayblangan. O‘shanda Apple o‘z hamkorining korxonalarida muntazam tekshiruvlar o‘tkazib turilgani, biroq ular davomida jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmaganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
13:50 / 04.11.2024
Tayvan RFga dastgohlar yetkazib berish to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi
13:10 / 04.11.2024