Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya Toğli Qoraboğda tinçlik örnatiş töğrisida bitim imzoladi. Unda Rossiya tinçlikparvar kuçlarini kiritiş va Toğli Qoraboğ hududining bir qismi, şu jumladan Şuşa şahrini Ozarboyjonga beriş közda tutilgan.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev tunda xalqqa murojaat qildi. Uning sözlariga köra, tinçlikparvar kuçlar nafaqat Rossiyadan, balki Turkiyadan ham böladi. E'lon qilingan kelişuv matnida Turkiya haqida heç narsa aytilmagan.

Bitimning imzolanişi Armanistonda noroziliklarga sabab böldi. Tinçlik haqidagi kelişuvga qarşi bölganlar mamlakat hukumat binosini egallab oldi. Armaniston parlamenti spikeri namoyişlar paytida kaltaklandi.

Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan töğridan töğri efirda bundan boşqa iloji yöqligini ma'lum qildi. U Yerevandagi tartibsizliklar iştirokçilarini javobgarlikka tortişga va'da berdi.

Nima sodir böldi

10 noyabrga ötar keçasi Armaniston, Ozarboyjon va Rossiya rahbarlari Toğli Qoraboğda uruş tugaganligini e'lon qilişdi. Şu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida tomonlar imzolagan bitimning 9ta bandi matni paydo böldi. 

Bitim nimani anglatadi 

Kelişuvning birinçi bandida 10 noyabr kuni yarim tundan boşlab Toğli Qoraboğ mojarosi zonasida töliq sulh va barça jangovar harakatlar töxtatilişi aytilgan. Ozarboyjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyasida töxtaydi. 

Ikkinçi va oltinçi bandlarda Kelbajar tumani, Ağdam tumani va Ozarboyjonning Gazax tumanida Armaniston tomoni egallab turgan hududlar, şuningdek, Loçin tumani, tegişliça, 2020 yil 15 noyabr, 20 noyabr va 1 dekabrgaça Ozarboyjonga qaytarilişi kerakligi aytilgan. Armaniston Toğli Qoraboğ bilan aloqani ta'minlaydigan 5 kilometr kenglikdagi Loçin yölagini oladi. Şuningdek, uşbu yölak «Şuşa şahriga ta'sir qilmaydi» deb ta'kidlangan. 

Uçinçi, törtinçi va beşinçi bandlar - Rossiyaning 1960 nafar qurolli tinçlikparvar kuçlari, 90ta zirhli transportyor, 380ta avtomobil va maxsus texnikani özaro aloqa liniyasi böylab kiritiş töğrisida kelişuv. 

Tinçlikparvarlarning qoliş muddati keyingi 5 yillik muddatlarga avtomatik uzaytiriş bilan 5 yilni taşkil etadi. Tomonlar tegişli muddat tugaşidan 6 oy oldin uşbu qoidani qöllaşni bekor qiliş haqida e'lon qilişi ham mumkin. Bundan taşqari, sulh rejimini kuzatiş uçun tinçlikni saqlaş markazi taşkil etiladi.