Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Armaniston hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarni imzoladi
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Armanistonga qisqa tashrif buyurib, mamlakat tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan bir qator strategik kelishuvlarni imzoladi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik xartiyasiga qo‘l qo‘ydi.
Shuningdek, muhim minerallar va noyob yer metallari sohasida hamkorlik hamda “Tramp yo‘li” (TRIPP) deb nomlangan xalqaro tranzit loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hadli kelishuvlar imzolandi.
TRIPP loyihasi Ozarbayjonning Naxichevon avtonom respublikasini Armanistonning Syunik viloyati orqali mamlakatning asosiy qismi bilan bog‘lovchi transport koridorini nazarda tutadi. Loyiha doirasida avtomobil va temiryo‘l infratuzilmasi, shuningdek neft-gaz tarmoqlarini qurish rejalashtirilgan.
Armaniston TIV rahbari Ararat Mirzoyan ushbu kelishuvlar mamlakat uchun “misli ko‘rilmagan imkoniyatlar” ochishini ta’kidladi. Marko Rubio esa TRIPP loyihasini “tarixiy tashabbus” deb atab, u mintaqada tinchlik va iqtisodiy farovonlikka xizmat qilishini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh kompaniyalari allaqachon Armaniston hududida TRIPP infratuzilmasi uchun yer o‘rganish ishlarini boshlagan.
Shu bilan birga, Armanistonda mazkur tashabbusga nisbatan turli munosabatlar bildirilmoqda. Bosh vazir Nikol Pashinyan loyihani iqtisodiy rivojlanish imkoniyati sifatida baholayotgan bo‘lsa, muxolifat va ayrim jamoatchilik vakillari mamlakat hududining bir qismi xorijiy boshqaruvga o‘tishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Armanistonda 7 iyun kuni parlament saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, saylov oldidan siyosiy raqobat va Rossiya bilan munosabatlar mavzusi asosiy masalalardan biriga aylangan.
Mavzuga oid
20:25
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026