Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seysmologiya sohasi maxsus jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning 30.07.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4794-son qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashining tarkibi.
- Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi, uning mablag‘lari Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi.
- Jamg‘arma quyidagi mablag‘lar hisobiga shakllantiriladi:
- respublika budjetidan amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarni ilmiy-texnika dasturlari uchun ajratilgan grant mablag‘lari;
- Vazirlar Mahkamasining hisob-kitoblariga asosan respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
- Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi:
- ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;
- kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish;
- ilmiy laboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar, hisoblash texnika vositalari hamda butlovchi materiallar bilan ta'minlash va ularni o‘rnatish;
- respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash sohasiga raqamlashtirilgan texnologiyalarni joriy etish, seysmik chidamli qurilish bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish;
- seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash uchun mas'ul davlat organlari va tashkilotlarining sohaga oid faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish;
- yuksak ilmiy natijalarga erishgan va fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlarni, shu jumladan yosh ilmiy xodimlarni qo‘llab-quvvatlash.
Hujjat 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
18:39 / 24.02.2026
«Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash» jamg‘armasi tashkil qilinadi
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:07 / 11.12.2025