Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 10 noyabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.
Suyakli mol go‘shti 45 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg suyakli mol go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 000 so‘m). Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat» bozori, Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (60 000 so‘m).
Qo‘y go‘shti 48 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (48 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.
Kartoshka 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da sotuvdagi yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 so‘m) qayd etildi.
Piyoz 800 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)
Piyoz mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (800 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (4 000 so‘m).
Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so‘m) qayd etildi.
Tuxum 7 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (10 dona)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (7 000 so‘m).
Guruch 5 000 so‘mdan 19 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da («Nukus-2» navli guruch 5 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 19 000 so‘m).
O‘simlik yog‘i 11 000 so‘mdan 17 600 so‘mgacha (litr)
O‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 11 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 17 600 so‘m) kuzatildi.
Shakar 5 800 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)
Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori» va «Jizzax markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori» Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (8 000 so‘m) kuzatildi.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
17:13 / 01.11.2024