O‘zbekiston | 13:40 / 12.11.2020
9074
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘ona vodiysida sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2020 yil 12 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:25da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 41,06 gradus shimoliy kenglik; 73,61 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,8. Chuqurlik 6 km. 

Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 368 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

  • Namangan: 163 km, 2 ball;
  • Andijon: 111 km, 3 ball;
  • Farg‘ona: 171 km, 2 ball.

Mavzuga oid