Jahon | 18:11 / 12.11.2020
9399
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olmasligi sababini izohladi

Avvalroq “Sputnik V”ni ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg vaksinaning barcha partiyasi davlat tomonidan sotib olingani va savdoga chiqarilmasligini aytgandi.

Foto: RIA Novosti

Yevroittifoq koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda YeI mamlakatlarida ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalanmoqchi. Yevrokomissiya rasmiy vakili Erik Mamer Rossiyaning «Cputnik V» vaksinasi sotib olinmasligi sababini ana shunday izohladi.

«Biz o‘z vaksinasini Yevropada ishlab chiqaradigan yoki ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan korxonalarga e'tibor qaratamiz», — dedi u.

Avvalroq “Sputnik V”ni ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg vaksinaning barcha partiyasi davlat tomonidan sotib olingani va savdoga chiqarilmasligini ma'lum qilgandi.

 “Sputnik V” vaksinasi Rossiyada 11 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

 Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining ta'kidlashicha, bunday vaksinalarni qo‘llash tajribasi ular 2 yilgacha immunitet berishini ko‘rsatadi. Vaksinaning birinchi partiyasi 12 sentyabrda Rossiya hududlariga jo‘natilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid