Disney 1980 yildan beri ilk bor yilni zarar bilan yakunladi

Foto: Reuters
Disney kompaniyasi oktyabr boshida yakunlangan 2020 moliyaviy yil va uning 4-choragi bo‘yicha hisobot taqdim etdi. Unga ko‘ra, kompaniya 2019 yil ko‘rilgan 10,4 mlrd dollar foyda bilan 2020 moliyaviy yilni 2,8 mlrd dollar zarar bilan yakunlagan. Ta'kidlanishicha, kompaniya bunday salbiy natijani 1980 yildan beri ilk bor qayd qildi.
Kompaniyaning 4-chorakdagi tushumi 23 foizga kamayib, 14,7 mlrd dollarni tashkil qilgan. Ushbu chorakda ko‘rilgan sof zarar esa 710 mln dollarni tashkil qilgan. Vaholanki, kompaniya 2019 moliyaviy yil 4-choragida 777 mln dollar foyda ko‘rgan.
Kompaniya qatorasiga ikkinchi chorakni zarar bilan yakunlagan. Bungacha Disney 2001 yildan beri chorak bo‘yicha zarar ko‘rmay kelgan. Kompaniyaning tushumi bir yil ichida 6 foizga kamayib, 65,4 mlrd dollarni, sof zarari esa 2,8 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Biroq investorlar Disney natijalarini ijobiy qabul qilishdi va kompaniya aksiyalari hisobot e'lon qilingandan keyin 6 foizga qimmatladi. Bu holat, birinchidan, natijalar kutilgandan ancha yaxshiroq bo‘lgani bilan bog‘langan. Ikkinchidan, kompaniyaning 2019 yilda ishga tushirilgan Disney+ striming xizmati yaxshi natijalar ko‘rsatgan: uning obunachilari soni avgustdagi 60 mlndan oktyabr boshida 73,7 mlngacha oshgan, 4-chorakda ko‘rgan zarari esa tahlilchilar prognoz qilgandan ancha kamroq bo‘lgan va 580 mln dollarni tashkil qilgan.
Kompaniyaning ko‘ngilochar bog‘lar va iste'molchilik mahsulotlariga ixtisoslashgan bo‘linmasi 4-chorak davomida 1,1 mlrd dollar zarar ko‘rgan. Disney kinostudiyasining operatsion daromadi ko‘plab yangi filmlar namoyishi 2021 yilga ko‘chirilgani sababli 61 foizga kamayib, 419 mln dollarni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IWTC 2025: UZTELECOM raqamli transformatsiya yutuqlarini namoyish etmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Xitoylik ayol 6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 18:42
-
Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:09
-
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

23:34 / 26.11.2024
Disney ayol xodimlariga erkaklardan kamroq maosh bergani sabab 43,3 mln dollar tovon to‘laydi

20:02 / 31.10.2024
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi

20:41 / 19.05.2020
Disney top-menejyeri TikTok ijtimoiy tarmog‘iga rahbar etib tayinlandi

15:47 / 20.04.2020