Maşhur fantastik epopeya «Yulduzlar jangi» filmi kunini nişonlaş uçun Disney kompaniyasi maşhur R2-D2 droididan ilhomlanib, çeklangan sonli G1T4-M1N1 robotini taqdim etdi.

Gizmodo ma’lumotlariga köra, Piaggio Fast Forward studiyasida yaratilgan yangi droid 2875 dollar turadi.

G1T4-M1N1 droidi musiqa tinglaş uçun Bluetooth dinamiklari, kameralar va datçiklar bilan jihozlangan bölib, öz egasini tanişi va ortidan 10 km/soat tezlikda harakatlanişi mumkin. Şuningdek, 9 kg yukni taşiş imkoniyatiga ega. Batareya quvvati 7 soat uzluksiz işlaş uçun möljallangan.

Droid iOS va Android ilovalari orqali boşqarilişi mumkin va «işonçli hamroh» bölişi va’da qilinmoqda. Foydalanuvçilar unga nom berişi va xatti-harakatlarini sozlaşi mumkin.

Droid Nyu-York şahridagi Tayms-skverda 6 mayga qadar namoyiş etiladi va hozirdan onlayn buyurtma beriş mumkin.