Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyani mudofaa qilish bo‘yicha rejani amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Farmonda qayd etilishicha, reja «mudofaa sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida» yo‘lga qo‘yilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatni 2021-2025 yillarda mudofaa qilish rejasini amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Farmonda qayd etilishicha, reja «mudofaa sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida» yo‘lga qo‘yilmoqda. Uni amalga oshirish 2021 yil 1 yanvardan boshlanadi.
Hujjat joylashtirilgan huquqiy axborot portalida rejaning mazmuni ko‘rsatilmagan hamda farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kirishi ma'lum qilingan.
2016-2020 yillarga mo‘ljallangan avvalgi mudofaa rejasini amalga oshirish 2016 yil 1 yanvardan boshlangandi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026