«Köçiş uçun 2 soat vaqtingiz bor». 76 yil avval mesxeti turklar öz vatanidan quvilgandi
|15:10 / 15.11.202077 07819 min
Har yil 14 noyabr kuni dunyoning köplab mamlakatlarida yaşaydigan mesxeti turklar qabristonlarga borib, ajdodlari ruhiga Qur’on tilovat qilişadi, ularni eslaşadi. Bundan roppa-rosa 76 yil avval Stalin buyruğiga binoan mesxeti turklar Gruziya hududidagi jonajon vatani Mesxetiyadan badarğa qilingandi...
Foto: WikipediaFoto: Wikipedia
Mustabid bir tuzum ölaroq XX asrda bor yöği 70 yil yaşagan SSSR otliğ davlatda köplab millatlar şunçalik ham oğir ahvolga solindiki, öşanda boşidan oğir kunlarni ötkazgan millatlar tarixini öqib, insonning matonatiga, bardoşiga qoyil qolmaslikning iloji yöq. Ana şunday millatlardan biri özlarini Ahiska turklari deb ataydigan mesxeti turklardir.
Bu millat mustabid tuzum davrida nafaqat oğir azoblarga duçor qilindi, balki öz vatanidan ham ayrildi. Bugun bu millat dunyo böylab soçilib ketgan. Kimdir Turkiyada, kimdir Rossiyada, kimdir Özbekistonda yaşayapti. NKVD rahbari Lavrentiy Beriyaning «taşabbusi» va «dohiy» Stalinning birgina qarori mesxeti turklarning vatandan ayro holda dunyo böylab soçilib ketişiga sabab bölgan.
Avvalboşdanoq zöravonlik ustiga qurilgan SSSRda XX asrning birinçi yarmi muhim örin tutadi. Bu davlatda 1922 yildan 1953 yilgaça 31 yil davomida Iosif Stalin hukmronlik qilgan. U bugun nafaqat SSSR tarixida, balki jahon tarixida eng yovuz va qonxör şaxslar qatorida eslanadi. Axir uning hukmronlik yillarida turli bahonalar bilan millionlab odamlar öz uylaridan badarğa qilindi, qamaldi, öldirildi...
Avvaliga «oq gvardiyaçilar»ga qarşi kuraş, kollektivlaştiriş, keyin «mamlakatni yot unsurlardan tozalaş», ikkinçi jahon uruş davrida «sotqinlar» eng oxirida esa «imperializm tarafdorlari» kabi ayblovlar bilan millionlab insonlar mahv etilgan. Stalin va uning eng yaqin yordamçisi bölgan Lavrentiy Beriyaning ana şunday yovuz işlaridan biri, öz vatanida yaşab turgan bir qança millatlarni sotqinlikda ayblab, boşqa joylarga quvğin qilgani bölgan.
1943 yilda qoraçoylar, qalmiqlar, 1944 yilda esa çeçenlar va inguşlar, bolqorlar, qrim-tatarlar, mesxeti turklar, kurdlar va xemşinlilar öz ona yurtlaridan boşqa ölkalarga surgun qilingan. Surgun qilinganlarni göyoki vatanga xiyonat qilişda ayblaşgan. Qrim-tatar, çeçen, inguş, qalmiq, bolqorlar nemislarga josuslik qilişda ayblangan bölsa, mesxeti turklar, kurdlar va xemşinlilar Turkiya foydasiga josuslikda ayblangan.
Keyinçalik bu millatlar aslida sotqinlik qilmagani ma’lum böldi. Ularning ba’zilari şunçaki öç oliş uçun badarğa qilingan bölsa, ba’zilarining yaşab turgan yeri kerak bölgani uçun quvilgan. Aynan qrim-tatar va mesxeti turklarning yaşab turgan yerlarini olib qöyiş uçun ular mislsiz azobga mubtalo qilingan. Tarix şohid: qrim-tatarlar Qrimdan quvilgaç, u yerga köplab ruslar köçib borgan.
1989 yilda qrim-tatarlar öz vataniga qaytib borganda u yerda ularga tegişli barça narsa boşqalar tomonidan egallab olingan edi. Şunday bölsa-da, qrim-tatarlarga tarixiy vataniga qaytib borişga ruxsat berildi. Mesxeti turklarga esa tarixiy vataniga qaytib borişga ruxsat ham berişmaydi. Sababi ularning tarixiy vatani Mesxetiya gruzinlar tomonidan egallab bölingan edi. Şu tariqa, bu millat vatansiz qoladi.
Mavzuga oid
Qolaversa, qaysidir millatni «nemislarga sotilgani» uçun jazolaş kerak bölsa, birinçi navbatda ruslarning özini, söng ukrainlar va belaruslarni ayblaş töğriroq bölmasmidi? Nemislar SSSRning ğarbiy qismiga bostirib kirganda, u yerda yaşayotgan köplab ruslar va boşqa mahalliy xalqlar ularni non-tuz bilan kutib oladi va ularga sadoqat bilan xizmat qiladi.
Bundan taşqari, SSSR armiyasi qömondonlaridan biri general Vlasov katta bir qöşin bilan nemislar tarafiga ötib ketadi. Ana şunday holatda Stalin va Beriyaning haqiqiy sotqinlar qolib aybi bölmagan boşqa millatlarni sotqinlikda ayblaşi «gruzin va rus bölmaganlar»dan öç olişdan boşqa narsa emasdi, bizningça.
Quvğin qilinganlarning qariyb barçasi (qalmiqlardan boşqa) musulmonlar, buning ustiga asosan Kavkazda yaşaydigan xalqlar hisoblanadi. Stalinning kelib çiqişi gruzin ekanligini inobatga olsak, Kavkaz xalqlarini, buning ustiga asosan musulmonlar öz uyidan badarğa qilinişi bejiz emasdi.
Yuqorida nomlari keltirilgan millatlarni quvğin qilişda NKVD (Narodniy komissariat vnutrennix del – Içki işlar xalq komissarligi) rahbari Lavrentiy Beriya asosiy rolni bajargan. Stalin ham xayrixoh bölgan bu işda quvğinlar aynan Beriyaning taşabbusi bilan amalga oşirilgan.
SSSRda öz yurtidan quvğin qilingan millatlar
1943-1944 yillarda SSSRning Kavkazda yaşovçi köplab millatlari öz vatanidan quvğin qilinadi. Jumladan:
Qoraçoy ASSRda (avtonom respublika) yaşovçi qoraçoylar 1943 yil 12 oktyabrda;
Qalmiqiya ASSRda yaşovçi qalmiqlar 1943 yil 27 dekabrda;
Çeçen-inguş ASSRda yaşovçi çeçenlar va inguşlar 1944 yil 29 yanvarda;
Bolqor ASSRda yaşovçi bolqorlar 1944 yil 24 fevralda;
Qrim ASSRda yaşovçi qrim-tatarlar 1944 yil 10 mayda quvğin qilinadi.
Yuqoridagi millatlarni quvğin qilib ham tinçimagan Beriya 1944 yil 24 iyul kuni Stalinga №7896 raqamli xat bilan murojaat qiladi:
«Bir neça yil davomida Turkiya bilan çegaradoş hudud aholisi çegaraning narigi tarafidagi Turkiya fuqarolari bilan qarindoşlik aloqalarini saqlab kelmoqda. Ayrimlari Turkiyaga muhojirlikka ketmoqda. Şuningdek, ular faol ravişda kontrabanda bilan şuğullanmoqda va turk josuslik idoralariga turli ma’lumotlar yetkazib berib, özlari ham josuslik tödalarini tuzişda xizmat qilmoqda...
NKVD Axalsix, Axalkalaki, Adigen, Aspindz va Bogdanovsk tumanlaridan hamda Ajariya ASSRning bir neça tumanidan 16 700 turk, kurd, xemşinli oilalarini köçiriş lozim deb hisoblaydi».
Stalin Beriyaning bu taklifini ham ma’qullaydi. 31 iyul kuni SSSR mudofaa işlari böyiça davlat qömitasi №6279 raqamli «mutlaqo maxfiy» qarorni qabul qildi. Qarorda Gruziya SSR janubida, SSSRning Turkiya bilan çegara hududlarida yaşovçi mesxeti turklar, kurdlar va xemşinlilarni Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston hududiga badarğa qiliş közda tutilgan edi.
«Mutlaqo maxfiy» qaror 1944 yilning iyul oyida qabul qilingan bölsa-da, Beriya negadir uni bajarişni noyabr oyigaça keçiktiradi. 14 noyabr kuni birdaniga Mesxetiyani NKVD xodimlari bosadi va mahalliy aholiga zudlik bilan uylarini tark etişi lozimligi, aks holda buyruqni bajarişdan böyin tovlaganlikda ayblanib, öşa joyning özida otib taşlanişi mumkinligi aytiladi.
Beriyaning buyruğiga köra, barça işlarga Gruziya SSR NKVD rahbari Georgiy Karanadze, uning örinbosari Bogdan Kabulov va Gruziya SSR davlat xavfsizlik xizmati rahbari Avksentiy Rapava boşçilik qilişadi.
Aholini zudlik bilan quvğin qiliş işlariga NKVD va xavfsizlik xizmatining 4 mingdan oşiq tezkor xodimi jalb etiladi. Odamlarga jönaş uçun bor-yöği ikki soat vaqt beriladi. Mesxeti turklar zörğa kiyim-keçak olişga ulguradi.
Şundan söng, 17 noyabr kuni mesxeti turklarni 25 eşelonda vagonlarga tiqib, Markaziy Osiyoga jönatişadi. Quvğin kuzning sovuq kunlarida boşlangan bölsa-da, mesxeti turklar yuk vagonlarida manzilga dekabrning sönggi ön kunligida, qişning ayozida yetib borişadi. Ana şunday oğir şaroitda manzilga yetib borgunça surgun qilinganlarning 25–30 foizi halok böladi.
Havo sovuq bölgan kunlarda, yuk vagonlarda 5-6 haftalab uzoq yöl bosiş mesxeti turklarni holdan toydiradi. Yuk vagonlaridagi oğir holat, kasallik va epidemiya tarqaşiga sabab böladi, oqibatda köpçilik halok böladi.
Mesxeti turklarning omon qolgan qismi Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistonga yetib kelganda qişning ayni avj pallasi edi. Ana şunday holatda ular sovuq baraklar, palatkalarda jon saqlaşga majbur böladi. Bugun yurtimizda yoki boşqa yurtlarda yaşayotgan keksa yoşdagi mesxeti turklardan öşa dahşatli kunlar haqida sörasangiz, ular gap boşlaşdan avval, albatta, köz yoş tökib oladi. Sababi, ularning aksariyati juda yoş bölgan, uyidan, vatanidan quvib çiqarilgani yetmaganday, sönggi manzilga yetib kelgunça öz yaqinlarini ham yöqotgan.
Quvğin qilinganlarning umumiy soni qariyb 120 ming nafar bölgan. Ularni avvaliga maxsus baraklarga, palatkalarga joylaştirişadi. Keyinçalik mahalliy aholi yordamida ular uy-joy tiklab oladi. Quvğin qilinganlarga özlari joylaştirilgan hududdan boşqa joylarga boriş taqiqlanadi.
1953 yilning martida Stalin vafot etadi. Uning davrida nohaq qamalganlar bilan birga nohaq quvğin qilinganlar işi ham qayta körila boşlanadi. Nihoyat, 1956 yil 18 aprelda SSSR Oliy soveti prezidiumi boşqa millatlar qatori mesxeti turklar, kurdlar va xemşinlilarning quvğin qilinişi xato bölgani haqida qaror qabul qiladi. Şundan söng, boşqalar qatori mesxeti turklarga ham SSSR böylab erkin harakatlanib, köçib yuriş huquqi beriladi. Ammo boşqalardan farqli ölaroq, mesxeti turklarga tarixiy vatani Mesxetiyaga qaytişga ruxsat berilmaydi. Şu sababli ularning asosiy qismi surgun qilingan joyi – Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistonda yaşab qoladi. Ozroq qismi RSFSRdagi Kabardin-Bolqor ASSRdan berilgan yerga köçib boradi.
Mesxeti turklar haqida
Foto: skfo.korovin.org
Mesxeti turklar – oltoy til oilasining turk guruhiga kiruvçi, turk tillarining öğuz lahjasida gapiruvçi, turk, ozar va gagauz millatlariga yaqin bölgan millat hisoblanadi. Ular özlarini Ahiska turklari (Ahıska Türkleri) deb ataydi. Bugun dunyoda yarim milliondan oşiq mesxeti turk bor. Ular dunyo böylab tarqalib ketgan. Mesxeti turklarning eng katta qismi Qozoğiston, Rossiya va Turkiyada yaşamoqda. Ularning aksariyati islom dinining sunniylik yönalişiga, hanafiya mazhabiga amal qiladi.
Mesxeti turklar azaldan Gruziyaning Turkiya bilan çegaradoş Mesxetiya ölkasida yaşagan. Mesxetiya ölkasi SSSR paytida Adigen, Axalsix, Aspindz tumanlariga bölingan. Mesxetiyaning yarmi SSSRga, yarmi Turkiyaga tegişli bölgan. 1829 yilgi rus–turk uruşidan söng Adrianopol şartnomasiga köra, Mesxetiya ikkiga bölinadi. Uning yarmi Rossiya tarkibiga kiradi, yarmi Turkiyada qoladi. Oktabr töntarişidan keyin Gruziya SSR tuzilganida Rossiya tarkibidagi Mesxetiya Gruziya SSRga qöşib beriladi.
Ikkinçi jahon uruşida Mesxetiyadan 40 ming odam uruşga boradi. Ularning 26 ming nafari halok böladi. Mesxeti turklardan sakkiz nafar sovet ittifoqi qahramoni çiqqan. Mesxeti turklar quvğin qilingan paytda uruşga yaroqli erkaklarining 99,9 foizi uruşga çaqirilgan bölgan. Mesxetiyada faqat yoş bolalar, ayollar va keksa yoşdagi qariyalar qolgan. Şunday ekan, bu millatni öşa paytda sotqinlikda ayblaş öta absurd iş edi.
14 noyabrda mesxeti turklarning öz vatanidan quvilganiga 76 yil töladi. 76 yildan buyon bu millat öz vatanidan ayro holda, dunyoning boşqa davlatlarida yaşab kelmoqda. Bugun bu millatga Turkiya, Ozarboyjon katta e’tibor va yordam beryapti. Masalan, 2014 yilda Ukraina şarqida ayirmaçilar bilan hukumat örtasida qurolli mojaro kelib çiqqanida Turkiya hukumati mojaro içida qolgan mesxeti turklarga boşpana berişini ma’lum qiladi va 400 nafarga yaqin mesxeti turkka boşpana beradi. Qolaversa, Turkiyaga köçib boradigan mesxeti turklarga ham köplab imtiyozlar taqdim etiladi.
Farğona fojiasi
Ötgan asrning 80-yillari oxirida mustabid bir tuzum bölgan SSSR parçalanib ketiş arafasiga kelib qoladi. Ana şunday vaziyatda mamlakatni tarqab ketişdan asrab qolişga közi yetmagan SSSR rahbariyati turli hududlar böylab, turli millatlar örtasida qonli nizolar uyuştira boşlaydi.
Kremlning «sa’y-harakatlari» bilan:
Qirğizistonda özbek va qirğizlar örtasida;
Ozarboyjonning Toğli Qoraboğida ozarlar va armanlar örtasida;
Gruziyada gruzinlar va abxazlar hamda gruzinlar va osetinlar örtasida;
Moldovada, Dnestrböyida ruslar va moldavanlar, gagauzlar va moldavanlar örtasida mojarolar bölib ötadi.
1989 yilda Farğonada röy bergan özbeklar va mesxeti turklar örtasidagi mojaro ham Kreml tomonidan puxta öylangan reja asosida uyuştirilgan edi.
Mesxeti turklarning katta bir qismi Özbekistonga olib kelib joylaştirilar ekan, xalqimiz öşa paytda bu millatga imkoni boriça yordam körsatgan. Uruş, qiyinçilik davr bölişiga qaramay, bir burda nonini baham körgan. Oradan yillar ötib, Stalin vafotidan söng, 1956 yilda mesxeti turklardan ayblovlar olib taşlanganda, bu millatning boradigan joyi yöq edi. Mesxetiya gruzinlar tomonidan egallab olingani uçun turklarning asosiy qismi Özbekistonda yaşab qoldi. Kelib çiqişi va e’tiqodi özbeklar bilan bir bölgan bu millat Özbekistonda ona vatanida yaşaganday yaşaydi. Mahalliy aholi va bu millat orasida 1989 yilgaça umuman mojaro kelib çiqmagan.
1989 yilda sodir bölgan fojiaga rasmiy Moskva turli sabablarni rökaç qiladi. «Pivoxonada çiqqan janjaldan boşlangan», «Bozorda mesxeti turk özbek ayolini haqorat qilgan» va boşqa sabablar körsatiladi. Ammo keyinçalik barçasini Moskvaning özi uyuştirgani ma’lum böladi.
Xalqimizning sevimli yozuvçisi, marhum Tohir Malik özining «Şaytanat» «Murdalar gapirmaydilar» va «Pörtanali ummonda suzar hayot qayiği» nomli asarlarida Farğonadagi mojaroning boşlanişida Moskvaning hissasi qanday bölganini qisman oçib bergan. Şuningdek, keyinçalik SSSR tarqab ketişi ortidan nafaqat Farğonadagi, balki sobiq ittifoqning turli hududlaridagi boşqa mojarolarini ham rasmiy Moskva uyuştirganini isbotlovçi köplab dalillar yuzaga çiqadi.
Öşanda Farğona viloyatida «mesxeti turk özbek qizini zörlabdi» yoki şunga öxşaş yolğon gaplarni eşitgan, Moskvadan kelib 1–2 özbekni öldirib, turklarga yopiştirilganini anglab yetmagan mahalliy aholiga mojaro Moskvadan turib boşqarilayotganini tuşuntiriş va ularni töxtatiş qiyin edi. Şu sababli zöravonliklar ham sodir etiladi. Tan oliş kerak, öşa mojarolarda jabr çekkanlar asosan mesxeti turklar böladi. Çunki son jihatidan oz bölgan turklar heç qaçon mahalliy xalqqa bas kela olmasdi.
Vahimali gaplar ortidan darğazab bölgan mahalliy aholi qayerda mesxeti turklar yaşaydigan xonadon bölsa bostirib kirib, ularga nisbatan turli zöravonliklar sodir etadi. Mojaroni tinçitiş uçun Farğonaga Turkiston harbiy okrugiga qaraşli harbiy bölinmalar taşlanadi.
Uşbu qonli mojaro rejasi Kremlda tuzilganiga yana bir isbot şuki, öşangaça SSSRning turli hududlarida sodir bölgan mojarolarni barçadan yaşirib kelgan Moskva, Farğonadagi fojiani ommaga körsatiş uçun markaziy televideniyedan bir neçta operator va muxbirdan iborat butun boşli guruhni yuboradi. Muxbirlar har kuni «olovli nuqta»dan «özbeklarning qonxörligi», «özbeklarning zöravonligi» haqida reportajlar uzatişadi va ular markaziy televideniye orqali körsatilib turiladi.
Farğona fojiasi turklarning katta qismini yurtimizdan olib çiqib ketilişi bilan tugadi. Öşanda Moskvadagi markaziy televideniye körsatgan lavhalardan farqli ravişda, xorij mediasiga intervyu bergan mesxeti turklar hammasi tuşunarsiz tarzda boşlangani, boşida özbeklar bilan mojaro çiqqaniga işonmaganlari va bir-birlaridan «balki ruslar bilan mojaro çiqqandir» deb söraganlari haqida gapirgan. Öşa intervyularda ular özbeklar bilan avval heç qaçon kelişmovçilik yuz bermagani, özbeklar va turklar ildizan hamda e’tiqod jihatdan yaqinligi, hatto quda-anda bölgani, şu uçun özbeklarning mesxeti turklarga qarşi kötarilganiga işonmaganini hikoya qilgan.
Keyinçalik, Özbekistondan olib çiqilgan mesxeti turklar dunyo böylab tarqab ketadi. Ularning bir guruhi BMT dasturi böyiça AQŞga köçiriladi. Bir qismi Turkiyadan boşpana topadi. Yana bir qismi MDH mamlakatlarida yaşab qoladi. Bölib ötgan qonli mojaroga qaramay, ularning bir qismi «vatanim Özbekiston» deb mamlakatimizda yaşab qoladi. Bugungi kunda ular yurtimizda barça bilan bir oila bölib, öz uyida yaşaganday yaşayapti.
Eng muhimi, bugun mesxeti turklarning aksariyati öşa qonli voqealarni rasmiy Moskva uyuştirganini, özbeklar va turklar esa vaziyat qurboni bölganini biladi. Şu uçun ham bugun mesxeti turklar dunyoning qayerida yaşaşidan qat’i nazar, Özbekistonni hurmat va soğinç bilan tilga oladi hamda «ikkinçi vatanimiz» deb ataydi. Buni ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarda mesxeti turklar Özbekiston şarafiga hurmat bilan yozayotgan bitiklardan ham bilsa böladi.
Ana şunday yozuvlardan birini bugun Ozarboyjonda yaşayotgan mesxeti turklardan biri yozib qoldirgan:
«Mesxeti turklarni quvğin qilişganida onam olti yoşda bölgan. Ular ikki oy yuk vagonda, oğir şaroitda yöl bosgan. Oilamiz Samarqand yaqinidagi qişloqqa tuşgan. Onamning aytişiça, boşida ular rosa qiynalişgan. Oradan biroz ötib, mahalliy xalq turklarning sotqin emasligini, aksinça, öz yurtidan quvilgan jafokaş xalq ekanini tuşunib yetgan va xalqimizga munosabatini özgartirgan. Ayniqsa 1956 yilda Xruşçyov boşliq hukumat Stalinning qrimtatar, çeçen, inguş, mesxeti turklarni quvğin qilgani noqonuniy va adolatsiz iş bölganini tan olib çiqqanidan söng örtadagi şubhalar batamom tarqagan.
Şu tariqa xalqimiz uzoq özbeklar bilan hamjihatlikda yaşaydi. Quda-anda tutinadi. Ammo 1989 yilda özbeklar bilan bizning oramizga baribir fitna solişdi. Şundan söng, bizni Özbekistondan olib çiqişdi va Ozarboyjonga kelib qoldik. Bugun biz öşa qonli voqealarda Kremlning qöli bölganini yaxşi bilamiz va tarix ham buni isbotlab bölgan».
Bir tarafdan qaraganda, kimdir yozganiday, «inson qayerda qulay şaroitda yaşasa, öşa yer unga vatandir». Ammo bugun aksariyat mesxeti turklar vatanini soğinadi va hanuzgaça xalqaro taşkilotlardan tarixiy vatani bölgan Mesxetiga qaytişda yordam söraydi...
Ğayrat Yöldoş tayyorladi
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilişi mumkin.