Isroil Milliy xavfsizlik kengaşi (MXK) va mamlakat Taşqi işlar vazirligi Şimoliy Kavkazning Isroil fuqarolari uçun xavfliligini baholaşni Mahaçqal’adagi ğalayonlar ortidan «tezkor tahdidning yuqori darajasi»ni anglatuvçi eng yuqori darajaga kötardi. Bu haqda idoralarning 30 oktyabr, duşanba kuni çop etilgan qöşma bayonotida aytiladi.

Isroil hukumati Adigeya, Çeçeniston, Doğiston, Inguşetiya, Kabardin-Bolqor, Qalmoğiston, Karaçay-Çerkesiya, Şimoliy Osetiya-Alaniya, şuningdek, Krasnodar va Stavropol ölkalari hamda Mineralniye Vodi şahri böyiça xavfning törtinçi darajasini belgiladi, deyiladi ma’lumotda.

«Milliy xavfsizlik kengaşi va Isroil Taşqi işlar vazirligi sizni yaqin kelajakda uşbu hududlarga bormaslikka, u yerda bölgan isroilliklarni esa imkon qadar tezroq tark etişga çaqiradi», - deyiladi bayonotda.

Olomon Mahaçqal’a aeroportiga bostirib kirdi

Kuni keça bir neça yuzlab mahalliy aholi Tel-Avivdan Red Wings aviakompaniyasining navbatdagi reysi kelişidan oldin Mahaçqal’a aeroportiga bostirib kirdi. Ular aeroportni egallab oldi va yahudiylarni qidira boşladi. Tartibsizliklar iştirokçilari eşiklarni buzib, maşinalar çiqişini tösib qöygan, u yerdagi odamlarning pasportlarini majburan tekşirgan, avtobuslarga buyumlar uloqtirib, samolyotga kirişga uringan.

Mahaçqal’adagi hodisa natijasida, Doğiston Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 20 kişi, jumladan, töqqiz nafar politsiyaçi jarohatlangan. Rossiya Tergov qömitasining Doğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi ommaviy tartibsizliklar moddasi böyiça jinoiy iş qözğatdi.

Şimoliy Kavkazda bir qator boşqa hodisalar kuzatildi

Bundan bir kun avval Kabardin-Bolqor Respublikasi poytaxti Nalçik şahrida qurilayotgan yahudiylarning diniy milliy-madaniy jamiyati markaziga öt qöyildi.

29 oktyabr kuni Doğiston Respublikasining Xasavyurt şahridagi «Flamingo» mehmonxonasiga olomon töplandi. Odamlar mehmonxonada göyoki «isroillik qoçqinlar» joylaştirilgani haqidagi xabarlar tufayli kelgan. Yiğilganlar mehmonxonada yahudiylar yöqligini isbotlaşni talab qilib, mehmonxona tomon toş otgan. Politsiya bir neça kişiga mehmonxonani tekşirişga ruxsat berganidan keyingina odamlar tarqaldi.