«OMADLI KUN – 2»: Kun.uz o‘tkazayotgan rasmiy tanlovni soxtalari bilan adashtirmaslikka chaqiramiz
Kun.uz 9 noyabrdan buyon Telegram'da «OMADLI KUN – 2» aksiyasini o‘tkazmoqda. Xabaringiz bo‘lsa, bu haqda sayt orqali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda e'lon berilgan edi.
Aksiyada qatnashish uchun Telegram'da maxsus ochilgan botni faollashtirib, Kun.uz sayti va tanlov homiylariga tegishli bir nechta kanallarga a'zo bo‘lish kifoya. Shundan so‘ng tanlovga do‘stlarini ham taklif etgan ishtirokchilarga ular orqali tanlov qatnashchisiga aylangan har bir do‘sti uchun 1500 so‘mdan to‘lab boriladi.
Shuni alohida ta'kidlaymizki, ishtirokchi to‘plagan mablag‘i 50 ming so‘mga yetganda, mablag‘ uning xohishiga ko‘ra telefon raqami yoki bank kartasiga o‘tkazib berilishi kafolatlanadi. Aksiyani o‘tkazish uchun Telegram'da @omadlikun_tanlovi2_bot boti ishga tushirilgan va bu bot – tanlovda qatnashish uchun yagona rasmiy platforma sanaladi.
Afsuski, aksiya e'lon qilinganidan so‘ng, Telegram'da Kun.uz nomidan soxta tanlovlar tashkil etuvchi «uddaburonlar» paydo bo‘ldi. Ular «OMADLI KUN – 2» tanlovi banneridan noqonuniy foydalangan holda, minglab Telegram-foydalanuvchilarini aldab, pullarini o‘zlashtirib kelishmoqda.

Firibgarlarni qanday tanib olish mumkin?
Birinchi belgi – Kun.uz tomonidan tashkil etilgan «OMADLI KUN – 2» aksiyasi maxsus dasturlangan @omadlikun_tanlovi2_bot boti orqali o‘tkaziladi va unda faqat rasmiy kanallarga a'zo bo‘lish sharti qo‘yilgan. Firibgarlarning soxta tanlovlarida esa kanallarga emas, balki guruhga odam jalb qilish targ‘ib qilinmoqda.
Qanchadir miqdorda tanishlarini ushbu guruhga jalb qilgan ishtirokchiga pul o‘tkazib berish uchun shaxsiy sahifada undan bank plastik kartasining suratini jo‘natish so‘ralmoqda. Bank plastik kartasining raqamini jo‘natganlardan qat'iy ravishda kartaning suratini jo‘natish takroriy so‘ralmoqda.
Bu nega kerak?
Gap shundaki, firibgar o‘zi aldayotgan odamlarni tunab ketishi uchun unga karta raqamidan tashqari, kartaning amal qilish muddatini bilish ham kerak bo‘ladi.
Ushbu ikki ma'lumotga ega bo‘lgan firibgar oldida o‘z maqsadiga yetishda faqat bir qadam qoladi. Ya'ni ishtirokchining kartasidagi pullarni yechib olish uchun yuqoridagi ma'lumotlar kiritilganida, ishtirokchi telefoniga parol keladi. Firibgar ushbu parolni qo‘lga kiritish uchun ishtirokchini «Yutuq pulingizni olish uchun telefoningizga kelgan parolni bizga jo‘nating», deya aldashga urinadi. Ushbu so‘nggi aldovga ham uchgan ishtirokchining karta raqamidagi barcha pullar bir zumda «tanlov tashkilotchisi»ning cho‘ntagiga o‘tadi.
Kun.uz tomonidan tashkil etilgan «OMADLI KUN» tanlovida esa belgilangan shartlarni bajargan ishtirokchining yutug‘ini o‘tkazib berishda faqat karta raqamining o‘zi so‘raldi. Kartaning surati yoki uning amal qilish muddati kabi maxfiy tutilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha ma'lumotlar zinhor talab etilmaydi.
Yana shuni ham bilish lozimki, Kun.uz tomonidan tashkil etiladigan har qanday tanlov va unda ishtirok etish shartlari, albatta, Kun.uz saytida va saytning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi.
Aldov qurboni bo‘lib qolmaslik uchun fuqarolardan yuqorida tilga olingan jihatlarga e'tiborli bo‘lishni so‘raymiz.
Haqiqiy va yutuq kafolatlangan aksiyada ishtirok etish uchun Telegram'da @omadlikun_tanlovi2_bot botini faollashtiring.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi
O‘zbekiston | 17:00
-
Muborakdagi YTHda ikki profilaktika inspektori halok bo‘ldi
Jamiyat | 16:51
-
Olimlar 10 ming yil avval qirilib ketgan vahshiy bo‘rini tiriltirganini da’vo qilmoqda. Ammo bunga ishonsa bo‘ladimi?
Fan-texnika | 16:46
-
Uzbekistan Airways yangi samolyotlarida internetdan foydalanish imkoniyati bo‘ladi
O‘zbekiston | 16:44
Mavzuga oid

22:45 / 05.04.2021
Sudyalar va YHX xodimlari ishi bo‘yicha sud majlisidan Kun.uz muxbiri chiqarib yuborildi. Bu – Oliy sud plenumi qaroriga zid

21:44 / 19.03.2021
Jurnalistik surishtiruv doirasida tashkilotga borgan Kun.uz muxbiri tahdidga uchradi

16:14 / 01.03.2021
Kun.uz’ga «trollar» hujum qildi. Tahririyat tuhmatchilar aniqlanib, jazolanishiga umid qiladi

14:37 / 25.02.2021