27 fevral kuni Telegram messenjeridagi anonim blog muallif(lar)i Kun.uz va Azon.uz sayti ma'murlariga nisbatan haqiqatga mos kelmaydigan, tuhmat, böhton va iğvodan iborat ma'lumotlarni tarqatdi.

Unda göyoki Kun.uz sayti ekstremistik taşkilot ğoyalarini tarğib etişi, tahririyat yirik diniy taşkilotlar tomonidan muntazam moliyalaştirib kelinişi, tahririyat rahbarlari xorijiy davlatlarda «Hizb ut-tahrir» diniy oqimi liderlari bilan körişib, ulardan pul olişi kabi ma'lumotlar keltirilib, öta oğir jinoyat sodir etişda ayblab tuhmat qilingan.

Şuningdek, tarqatilgan postda Azon.uz sayti rahbariyati ham tilga olinadi.

«Azon.uz – jamiyatda diniy iğvoni yuzaga keltiruvçi, islamizatsiyani rivojlantiruvçi, keng ommani xalifalik tuzumiga tayyorlovçi zararli taşkilotga aylangan bölsa, Kun.uz buni xalqqa yengil tarzda ong ostiga ta'sir körsatib singdiruvçi xavfli tahririyatga aylandi.

Din işlari böyiça qömita hamda Azon.uz bilan kelişmovçilik yuz bergan vaqtda OAVdan faqatgina Kun.uz uşbu voqealarni noxolis, azonçilarning yonini olib, davlatning konstitutsion tuzumiga zid ravişda yöl tutib, töxtovsiz maqolalar taşlab turdi», deb yozadi anonim kanal muallif(lar)i.

Ma'lumot örnida aytiş joizki, 2017 yil kuzida Kun.uz sayti xodimlari taşabbusi bilan saytda e'lon qilinayotgan maqola va materiallarni aholi orasida kengroq tarqatiş orqali auditoriyani kengaytiriş maqsadida Feysbuk ijtimoiy tarmoğida «Xalq ovozi / Golos naroda» guruhi taşkil etiladi. Dastlab guruh adminligini tahririyat xodimlari yuritadi.

Keyinçalik guruh a'zolari va unga joylanuvçi postlar soni köpayib ketgaç, guruh erkin guruhga aylanib, bir muddat davomida barça a'zolar post joylaşi mumkin böladi (obşçedostupnaya). Şu vaziyatdan foydalangan ayrim noxolis foydalanuvçilar tomonidan «Xalq ovozi / Golos naroda» guruhiga diniy mavzularda şubhali postlar joylanadi.

Bu hol tahririyat xodimlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita va Adliya vazirligi mas'ul xodimlarining ogohlantirişidan keyin ayon böladi va darhol tegişli çoralar köriladi, keyinroq uşbu guruh butunlay öçirib taşlanadi. Öşa vaqtda uşbu holatga tahririyat xodimlarining aloqasi yöqligi yuzasidan tegişli idoralarga rasmiy tuşuntiriş va izohlar berilgan.

Aytiş joizki, anonim kanalda tahririyatga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarga «dalil» sifatida Feysbukdagi diniy-ekstremistik ruhdagi öşa postlardan olingan skrinşotlar körsatilgan.