Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orolbo‘yida 12,3 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
Joriy yil 14 noyabr kuni Nukus shahrida Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirish dasturining bajarilishini ta'minlash va bu boradagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Senat raisi T. Norboyeva o‘z nutqida davlat rahbari tomonidan 2 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hududni rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlashga to‘xtaldi.
Ta'kidlanganidek, bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2020-2023 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturda har bir shahar va tumanning “o‘sish nuqta”lari hamda ijrosi bo‘yicha mas'ullar belgilandi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q. Sariyev dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha axborot berdi.

Qayd etilganidek, 2020-2022 yillarda Orolbo‘yida umumiy qiymati 12 trillion 300 milliard so‘m bo‘lgan 1 ming 359ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Shundan 523 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va qariyb 20 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Yig‘ilishda senatorlar, Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari tomonidan joylarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrayotgan muammolar va ularning bajarilishi bo‘yicha fikr hamda takliflar bildirildi, deyiladi Senat xabarida.
Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026