Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati vazirlikning bolalar boş onkologi, tibbiyot fanlari nomzodi Tojiddin Mustafoyev bilan suhbat uyuştirdi.

—  Bugungi kunda bolalar örtasida qanday onkologik kasalliklar köp uçrayapti?

—  Bolalar örtasida uçraydigan onkologik kasalliklar içida gemablastozlar qariyb 40 foizni taşkil etadi. Şuningdek, markaziy asab tizimi ösmalari, neyroblastomalar, buyrak, suyak, yumşoq töqimalar, quloq, tomoq, burun, jigar va jinsiy a'zolar xavfli ösmalari uçrab turadi.

—   Bunday kasalliklar kelib çiqişining asosiy sabablari nimada va uning oldini oliş uçun nimalarga e'tibor qaratiş lozim?

— Bolalarda onkologik kasalliklar yuzaga kelişida embrional omillar asosiy örin egallaydi. Bolalarda xavfli ösma kasalliklarining oldini oliş uçun, avvalo, ota-ona soğlom bölişi, oilada soğlom muhit yaratilişi, inson zararli illatlardan xoli bölişi, şuningdek, ekologik muhit musaffoligi juda muhim hisoblanadi.

— Bolada xavfli ösma rivojlanayotganini qanday biliş mumkin?

— Bola holsizlanadi, kamqonlik rivojlanib boradi, tana harorati 37-37,5 darajagaça kötariladi. Bundan taşqari, tana vazni kamayadi, periferik limfa tugunlari, jağosti, qöltiqosti, böyin, çovlarda limfa tugunlari kattalaşadi. Ana şunday alomatlar kuzatilsa, bolani onkolog körigiga yöllaş kerak. Bugungi kunda hududlarimizdagi tibbiyot muassasalarida bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlaş va davolaş böyiça zamonaviy imkoniyatlar yaratilgan. 

— Ba'zi bolalarda xalqimiz tilida nor, xol deyiladigan hosilalar böladi. Bular bola uçun xavf tuğdiradimi?

— Nor tibbiyot tilida gemongioma deb ataladi. Bundan taşqari, bolalarda limfangeomalar, suyak osteomalari, yumşoq töqimalarda har xil xol körinişidagi hosilalar uçrab turadi. Bular xavfsiz ösmalar hisoblanadi. Biroq ba'zilari xavfli ösmaga aylanişi mumkin. Şu bois, bolaning badanidagi bunday hosilalarni ota-ona öz bilganiça bartaraf etişga urinişi, xollarni yulişga harakat qiliş yoki har xil yoğlar surib yöqotişga uriniş aslo mumkin emas. Bu oğir oqibatlarga ham olib kelişi mumkin.