Özbekistonda har yili xotin-qizlar orasida kökrak bezi saratoni bilan kasallaniş böyiça 4 mingta yangi holat aniqlanadi. Baçadon böyni saratoni böyiça esa yiliga 2 ming yangi taşxis qöyiladi. Mazkur kasalliklar haqida keç xabar topiş va muolajalarni öz vaqtida olmaslik soğayiş imkoniyatini pasaytiradi. “Soğlom hayot” podkastining navbatdagi sonida caratonning uşbu turlarini erta aniqlaş, uy şaroitidagi profilaktika hamda davolaniş uçun davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar haqida söz boradi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, hozirda Özbekistonda 100 mingdan ortiq odam saraton kasalligi bilan yaşaydi. Har yili 20 mingdan ortiq yangi holatlar aniqlanadi.

Xalqaro saraton tadqiqot agentligi (IARC) hisobotida qayd etilişiça, mamlakatda har yili örtaça 100 ming kişiga 112,7 ta yangi saraton holati töğri keladi. Bu degani har 100 ming aholining 113 nafariga yil davomida saraton taşxisi qöyiladi. Ölim holatlari böyiça esa bu körsatkiç 71,5 tani taşkil etadi, ya’ni 100 ming kişidan qariyb 72 nafari saraton kasalligi oqibatida vafot etadi.

Ayollar orasida eng köp uçraydigan onkologik kasallik turi kökrak bezi saratoni hisoblanadi. Har 100 ming ayoldan 27,8 nafari şu xastalikka çalinadi, ularning 13 nafari esa uşbu kasallik oqibatida hayotdan köz yumadi.

Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi “Natijalarga erişişni boşqariş” guruhining jamoat salomatligi böyiça mutaxassisi, ginekolog Dilfuza Aniyozovaning aytişiça, sönggi yillarda kökrak bezi va baçadon böyni saratoni kabi kasalliklar yoşlar orasida ham uçrayapti va köpinça keç bosqiçda aniqlanyapti, bu esa taşvişli holat.

“Özbekistonda har yili taxminan 4 mingta yangi kökrak bezi saratoni va 2 mingta baçadon böyni saratoni holati aniqlanadi. Ularning yarmidan köpi oğir oqibat bilan yakunlanadi”, – deydi Dilfuza Aniyozova.

Kökrak bezi saratonining dastlabki bosqiçlari köpinça sezilmaydi, lekin ayrim belgilar paydo bölsa, ularga e’tibor beriş juda muhim. Masalan, kökrak şaklining özgarişi yoki bir tomoni kattalaşişi, terida qizariş, burişiş yoki limon pöstiga öxşaş ğadir-budir köriniş hosil bölişi, sörgiçdan suyuqlik, ayniqsa, qonli ajralma çiqişi xavf belgisi bölişi mumkin. Şuningdek, qattiqlik yoki şiş yuzaga kelişi, oğriq, sörgiçning içkariga tortilişi, qöltiq ostidagi bezlarning kattalaşiş holatlari ham e’tibordan çetda qolmasligi kerak.