Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida ikki bosqichda yig‘inlar tashkil etiladi
Prezidentning Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida 2020 yilda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tarkibi bilan yig‘inlar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yilning noyabr va dekabr oylarida ikki bosqichda:
birinchi bosqich – O‘zbekiston mudofaa vaziri rahbarligida 2020 yilning 24 noyabridan 28 noyabrigacha Toshkent viloyatining “Chirchiq” okrug poligoni bazasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tarkibi bilan;
ikkinchi bosqich – harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlari rahbarligida 2020 yilning 15 dekabridan 19 dekabrigacha hududiylik tamoyili asosida Mudofaa vazirligi okrug poligonlari bazasida mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tarkibi bilan yig‘inlar tashkil etiladi.
Mudofaa vazirligi yig‘inlarni tashkil qilish, o‘tkazish, moddiy-texnika va boshqa turdagi ta'minot turlari bilan ta'minlashni tashkillashtiradi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda yig‘inlarni o‘tkazish jarayonida sanitariya-epidemiologik xavfsizligi talablarini ta'minlash va yig‘inlar qatnashchilarining salomatligini saqlash yuzasidan zarur choralar ko‘riladi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari:
a) 2020 yil 14 noyabrga qadar yig‘in qatnashchilarining belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta'minlaydi;
b) 2020 yil 20 noyabrga qadar yig‘in qatnashchilarining (yig‘inlarga ruxsat etilgan shaxslarning) aniq ro‘yxatini tuzadi va ularni Mudofaa vazirligiga yuboradi;
v) quyidagilar:
birinchi bosqich yig‘in qatnashchilarining 2020 yil 24 noyabr kuni soat 9:00ga qadar Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasining shahar yig‘in punktiga;
ikkinchi bosqich yig‘in qatnashchilarining 2020 yil 15 dekabr kuni soat 9:00ga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari yig‘in punktlariga yetib kelishini ta'minlaydi.
Belgilanishicha, yig‘inlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Mudofaa vazirligiga 2020 yil uchun ajratilgan budjet mablag‘lar, budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026