Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya elchisi Samarqandda bo‘lib, «Talabalar kuni» tarixini esladi
Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Yan Bori Samarqandga tashrif buyurdi. Tashrif davomida elchi Samarqanddagi «Redbridge international school» xususiy maktabida bo‘ldi.
Mazkur muassasa o‘quvchilari Slovakiyada o‘tkazilgan o‘quvchilar o‘rtasidagi xalqaro rassomchilik ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etgandi. Shu munosabat bilan janob Yan Bori maktab o‘quvchilariga elchixonaning sovg‘alarini topshirish asnosida muassasadagi o‘quv jarayoniga baho berdi.
Tadbirdan so‘ng, elchi Kun.uz muxbiriga o‘z taassurotlarini so‘zlab berdi:

«Mazkur maktabga taklif etilganimdan xursandman, albatta. Nega bu yerga oldinroq kelmaganman, hayronman. Bilasizmi, aynan bugun kelganimning ham sababi bor. Bu sana biz slovaklar uchun og‘ir va shu bilan birga juda muhim. Chexoslavakiya tarkibida bo‘lgan vaqtimizda shu sanada fashistlar Chexoslavakiyani ishg‘ol qilgan.
Aynan shu sanada fashistlar mamlakatimizdagi talaba va o‘quvchilarni konslagerlarga haydagan... Shu sabab keyinchalik davlatimiz tomonidan Jahon yoshlar tashkilotiga 17 noyabrni talabalar kuni sifatida nishonlash taklif etilgan.
Bundan tashqari, 1968 yil 17 noyabr kuni bizda talabalar kommunistik rejimga qarshi namoyishlarga chiqqan. O‘shanda talabalar Chexoslavakiyada kommunistik rejimni tinch yo‘l bilan o‘zgartirishga harakat qilgandi. Ammo bu amalga oshmay qolgan. Bir so‘z bilan aytganda, 17 noyabrning biz uchun ahamiyati katta», dedi Yan Bori.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026