Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida O‘zbekistondagi birinchi zargarlik maktabi ish boshladi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida respublikada birinchi zargarlik maktabi va «Odina» hunarmandlar markazi ish boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Qarshi shahar hokimligi matbuot xizmati qayd etishicha, ushbu markazda 13ta hujra tashkil etilib, ularda zargarlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, soatsozlik, milliy liboslar tikish va gilam to‘qish ishlari bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar ish boshlagan. Shu bilan birga, 20ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Bu yerda O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan zargarlik maktabi ham ochildi. Xususan, unda zargarlikning Qoraqalpog‘iston - Xorazm, Buxoro - Samarqand, Toshkent - Farg‘ona, Qashqadaryo - Surxondaryo maktabi namunalari yoshlarga o‘rgatiladi.
Mavzuga oid
13:58 / 16.10.2025
Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
18:21 / 14.07.2025
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi
13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi
13:44 / 02.07.2025