O‘zbekiston | 12:02 / 19.11.2020
11656
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ochlik bo‘yicha 2020 yil Global indeksida 30-o‘rinda qayd etildi

2020 yil uchun xalqaro miqyosda e'lon qilingan Global ochlik indeksida 107 mamlakat ishtirok etdi. O‘zbekiston mazkur reytingda eng yaxshi deb topilgan 47 mamlakat qatorida 6,7 ball bilan 30-o‘rinda qayd etildi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilda ushbu reytingda O‘zbekiston 10,7 ball bilan 48-o‘rinda ko‘rsatib o‘tilgan.

2020 yilda MDH davlatlaridan Qozog‘iston 5,4 ball bilan 21-o‘rinda (2019 yil 5,5 ball, 20-o‘rinda), Armaniston 6,9 ball bilan 31-o‘rinda (2019 yil 7,8 ball, 30-o‘rinda), Qirg‘iziston 8,4 ball bilan 42-o‘rinda (2019 yil 8,8 ball, 35-o‘rinda), Turkmaniston 11,1 ball bilan 52-o‘rinda (2019 yil 11,8 ball, 54-o‘rinda) qayd etilgan.

Indeks har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:

  • to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan vazni me'yordan past bolalar ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan bo‘yi me'yordan past bolalar ulushi;
  • besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘lim darajasi.

Statistika qo‘mitasining ta'kidlashicha, bir yil ichida 48-o‘rindan 30-o‘ringa ko‘tarilishning asosiy sababi, FAO tashkiloti tomonidan Global ochlik indeksining asosiy omilidan biri bo‘lgan “to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi” ko‘rsatkichini 2017 yildan boshlab qayta hisoblash amalga oshirilganligidir. 

Qayta hisoblash natijasida “to‘yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi” ko‘rsatkichi deyarli 2,5 barobarga qisqartirilgan va 2016-2018 yillar uchun 6,3 foizdan 2,8 foizga o‘zgartirilgan, 2017-2019 yillar uchun 2,6 foiz deb tan olingan edi, deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid