ITIM ma’lumotlariga köra, bu körsatkiç sönggi ikki yil içida qayd etilgan eng yuqori daraja sifatida e’tirof etilmoqda.
Eng barqaror biznes faolligi ösişi xizmatlar va sanoat sohalarida qayd etildi. Qişloq xöjaligi hamda qurilişda ham tiklaniş kuzatilmoqda. Bu körsatkiçlar tadbirkorlik muhitining barqaror transformatsiyasini aks ettirmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil iyun oyi uçun respublika böylab tadbirkorlar örtasida ötkazilgan sörovlar asosida biznes muhiti tahlili natijalarini e’lon qildi. Tahlil natijalari asosida biznes muhiti indeksi şakllantirildi, u biznesning hozirgi holati va yaqin kelajakdagi rivojlanişi böyiça baholarni aks ettiradi.
Iyun oyida biznes muhiti indeksi ötgan yilning mos davriga nisbatan 10 bandga oşib, 63 bandni taşkil etdi. Bu esa uzoq muddatli istiqbolda biznes işonçining mustahkamlanayotganini körsatadi. Şuningdek, ötgan oyga nisbatan ham 2 bandga ösiş qayd etildi, bu esa joriy yil boşidan beri eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Iyun oyida biznes muhiti indeksining joriy holati 47 bandni taşkil etdi, bu esa ötgan yilning mos davriga nisbatan 13 bandga oşganini körsatadi.

Biznesning joriy holati indeksi tadbirkorlarning mamlakatdagi real vaziyat va biznes yuritiş şaroitlari haqidagi tasavvurini aks ettiradi. Unda savdo hajmi, bandlik, talab, resurslarga yetişimlilik hamda operatsion muhit barqarorligi kabi omillar inobatga olinadi.
Şu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalar indeksi 6 bandga oşib, 80 bandni taşkil etdi. Bu esa tadbirkorlarning barqarorlikka bölgan işonçini namoyon etmoqda.
Natijalarga köra, tadbirkorlarning 38 foizi sönggi uç oyda öz biznesi holatining yaxşilanganini ma’lum qilgan, 38 foizi talab ösganini qayd etgan, 24 foizi esa işçilar sonining köpayganini bildirgan. Şu bilan birga, sörovda iştirok etgan tadbirkorlarning 71 foizi kelgusida talab ösişini, 59 foizi işçilar soni köpayişini, 21 foizi esa narxlar ösişini kutmoqda.
















