Dunyoning 53 mamlakatida qariyb 300 million kişi keskin oziq-ovqat tanqisligiga duç kelmoqda. Bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Global Report on Food Crises hisobotiga köra, buning asosiy sabablari — qurolli mojarolar, gumanitar yordamning qisqarişi, iqtisodiy muammolar va iqlim falokatlarining oqibatlari.
Hisobotda keltirilişiça, 295,3 million kişi oğir oziq-ovqat taqçilligidan aziyat çekmoqda — bu tahlil qilingan mamlakatlar aholisining qariyb çorak qismidir. Inqirozning eng oğir bosqiçida (IPC tasnifiga köra «falokat» darajasi) bölganlarning 95 foizdan ortiği Ğazo sektori va Sudanda yaşaydi.
Ğazo va Sudan bilan bir qatorda Haiti, Mali, Janubiy Sudan, Afğoniston, Pokiston, Efiopiya va Keniyada ham oğir ahvol kuzatilmoqda — uşbu hududlarda qurğoqçilik hamda mojarolar oziq-ovqat taqçilligini yanada kuçaytiryapti. Myanma, Nigeriya va Kongo Demokratik Respublikasi kabi 19 davlatda vaziyat yomonlaşişda davom etmoqda. Bu yerda asosiy omil — qurolli töqnaşuvlar va içki beqarorlik.
Xalqaro gumanitar dasturlarni moliyalaştiriş keskin kamaygan, ayniqsa AQŞ tomonidan. Natijada Sudan, Yaman va Haitidagi 14 milliondan ortiq bola yordamdan mahrum bölgan. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, moliyalaştiriş kamaytirilişidan avval ham hisobotdagi mamlakatlarning deyarli yarmi oziq-ovqat inqirozining oğir bosqiçida bölgan.
Avvalroq AQŞ qaşşoq mamlakatlar uçun ilgari yopilgan bir neçta oziq-ovqat dasturlarini tiklaşi töğrisida xabar berilgandi.

















