Jamiyat | 15:47 / 19.11.2020
9737
5 daqiqa o‘qiladi

To‘rt o‘g‘lonni ag‘dargan oqqon – bu bolalarning ham umidi bor

 Oqqon kasalligiga qarshi kurashish ba'zan yillab davom etadi va har doim ham g‘alaba bilan yakunlanmaydi. Bu dardga chalingan bolalar tez ulg‘ayib, hushyor bo‘lib qolishadi. Kechagina ko‘z o‘nglarida yurgan bolaning o‘z xonasidan yo‘qolib qolishi ularga qattiq ruhiy ta'sir qiladi. Ammo shunga qaramay ular umid bilan yashaydilar. Bugungi qahramonlarimiz ham kasallikni yengish uchun bor irodalarini sarflamoqdalar.

O‘zi 1 yoshga kirdi, ammo umri shifoxonada o‘tmoqda

– O‘g‘lim Bobur Mavlonqulov endigina 1 yoshni to‘ldirdi, ammo umrining katta qismini shifoxona shiftiga tikilib o‘tkazmoqda. Ayni tetapoya bo‘ladigan, qiqirlab kulib o‘ynaydigan onlarini tanasini ilma-teshik qilayotgan ignalar azobidan yig‘lab o‘tkazmoqda, – deydi boyovutlik Xolida Asrorova.

Men bolanining yonidan jilolmayman, otasi shifoxona darvozasi yonidan ketmaydi. Kechagi sovuqlarda derazadan qarab ichlarim achib ketdi. Qisqa vaqt ichida borimizni sarflab bo‘ldik, to‘g‘risini aytganda, o‘zi ko‘p narsamiz ham yo‘q edi, qishloq odamlarimiz. Bu ham bizga berilgan bir sinovdirda...

Har safar dadasiga dori olib kelish aytilganda ko‘zlaridagi tushkunlikni ko‘rib ezilaman, qanday topib kelarkin, deb o‘ylanaman. Allohning marhamati keng, bolaginam bu dardlarni ham yengib ketishiga ishonaman, – ko‘z yoshlarini artdi ona.

 Bobur Mavlonqulovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 78 17 85 83 (Agrobank, otasi Botirqul Asrorov nomida)

Visa: 4278 3100 2032 5577 (Kapitalbank, otasi Botirqul Asrorov nomida)

Sberbank: 5336 6902 3958 8025 (tanishi A'zam Qo‘shboyev nomida)

Telefon raqami: +998979018002

* * *

 O‘g‘limning ikki suratiga qarang...

– Ona uchun farzandi chekayotgan azobdan og‘iri bo‘lmasa kerak. Buxoroning Olot tumanidanmiz. O‘g‘lim Diyorbek Narzullayev 18 yoshga kirdi. O‘ynab-kuladigan, talaba bo‘ladigan, qizlarga qiziqib qaraydigan yoshida oqqon kasalligi bilan kurashayapti. Bolamning sog‘ligidagi va kasallikka chalinganidagi ikki suratiga qarang! Oqqon va yondosh kasalliklar bolamning yuzlarida aks etyapti, – yig‘laydi Diyorbekning onasi Qadriya Uzoqova.

O‘g‘lim Diyorbekka qarab ezilaman, o‘zimning jonimni berib uni qutqarib qolish mumkin bo‘lsa hech o‘ylab o‘tirmagan bo‘lardim. Ammo bu vaziyatda mening jonim emas, qimmatbaho dori-darmonlar ko‘proq ish berarkan...

 Diyorbek Narzullayevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0423 5595 4008 (Agrobank, Diyorbek Narzullayev nomida)

Humo: 9860 0201 1005 9514 (Shuhrat Jo‘rayev nomida)

Visa: 4187 8000 0036 5551 (onasi Qadriya Uzoqova nomida)

Sberbank: 4216 4000 7942 1799 (tanishi Ilhom Yunusov nomida)

Telefon raqami: +99899074417 54

* * *

Nabiramning onasi vafot etgandi, o‘zi bu dardga chalinib turibdi

– Farg‘onaning Quva tumanidanmiz. Nabiram Usmonali Hasanov 14 yoshga kirgan. Yosh boshiga unga atalgan sinovlar juda ko‘p bo‘ldi. Bolaginamning onasi vafot etgan, ko‘ngli yarim edi. Buvisining qaramog‘ida qolgandi, mana shunday og‘ir paytlarda tirgak bo‘ladigan buvisi ham insult bo‘lib yotib qoldi, – deydi chuqur xo‘rsinib Abduqodir ota Hasanov.

O‘zimning yoshim bir joyga borib qoldi. Bolaginamga dalda bo‘lay deb sovuqda shu yerlarda yuribman. Odamlar shifoxona yonidan shoshib-pishib o‘tib ketishadi va uylariga kirishadi. Biz shifoxona darvozasi yonida qolaveramiz. Dorilar qimmat, turar joy, yeyish-ichish degandek...

 Usmonali Hasanovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 1362 3982 (Agrobank, Dildora Rasulova nomida)

Humo: 9860 0303 7328 0186 (Zuhriddin Usupov nomida)

Visa: 4278 3100 2020 5852 (Abduqodir Hasanov nomida)

Sberbank: 5570 0050 5080 9878 (Qahramon G‘ulomov nomida)

Telefon raqami: +998913278265

* * *

 Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin ekan

11 yoshli Sanjarbek Ortiqov Jizzax viloyatidan kelib davolanmoqda. Otasi Sunnat Po‘latovning ma'lum qilishicha, davolanishning birinchi bosqichidayoq oila juda murakkab vaziyatga tushib qolgan, oldinda esa yana qator bosqichlar kutib turibdi.

– Bolamni davolataman deb juda qiyin vaziyatga tushdik. Shifokorlarga ham rahmat, qo‘llaridan kelganini qilishyapti. Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin, ayniqsa, oqqon kabi dardga chalinmasin ekan. Ammo dard chekinishi uchun qimmat dorilar sotib olishga majbur bo‘lyapmiz va buning uchun katta mablag‘ kerak. Tanishlardan ham, dorixonalardan ham katta qarzga kirib ketdik, – deydi onasi Sevara Po‘latova yig‘lab.

 Sanjarbek Ortiqovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 4324 5079 (Agro bank, onasi Sevara Po‘latova nomida)

8600 0609 7265 5790 (Xalq banki, onasi nomida)

Visa: 4231 2000 2002 5416 (otasi Sunnat Po‘latov nomida)

Telefon raqami: +998915993997

 Bugun yana mo‘ltiragan ko‘zlar qarshingizda turibdilar. Ularning har biri yashash istagida, har bir tongni mo‘jiza singari kutib olmoqdalar. Xayriya qilish imkoningiz bo‘lmasa, duolaringizda bu bolalarni yo‘qlab qo‘ying.

Abror Zohidov.

Mavzuga oid