O‘zbekiston | 12:05 / 19.11.2020
3537
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish hajmi sezilarli darajada oshdi, fuqarolardan niqob va qo‘lqoplarni yechmaslik so‘raldi

«Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi metroda yo‘lovchi tashish hajmi sezilarli darajada oshganini ma'lum qilib, fuqarolarga eslatma bilan chiqdi.

Korxona xabarida aytilishicha, ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, poytaxt yo‘llarida transportda harakatlanish tezligining cheklanganligi sababli, metroda yo‘lovchilar tashish hajmi sezilarli darajada oshgan.

«Barchangizdan iloji boricha ijtimoiy masofani saqlashni, bir-biringizni hurmat qilishingizni, niqoblarni yechmaslikni va chiptaxonalarda tarqatilayotgan himoya qo‘lqoplardan foydalanishingizni iltimos qilamiz», - deyiladi «Toshkent metropoliteni» xabarida. 

Avvalroq, Toshkentdan shaharlararo yo‘nalishda qatnovchi barcha avtobus reyslari bekor qilingani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid