Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarning ekologiya va atrof-muhitni asrash borasidagi mas'uliyatini yanada oshirishga qaratilgan qonun ma'qullandi
Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ham muhokama markazida bo‘ldi.
Mazkur hujjat bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish uchun javobgarlikni kuchaytirish orqali bunday huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy burchiga qat'iy rioya etilishini ta'minlash maqsadida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar qayd etilmoqda.
«Bugungi kunda amaliyotda, ko‘plab fuqarolar, shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan xonadonlarda yoki tashkilotlarda hosil bo‘layotgan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga, shu jumladan, avtotransport vositalari yordamida chiqarib tashlash holatlari yildan yilga ortib borayotgani achinarli hol.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda respublikamizda turli soha va tarmoqlarda, shuningdek, shaxsiy uy-joylarda qurilish va ta'mirlash ishlari ko‘lami nihoyatda kengaygani munosabati bilan mamlakat miqyosida katta miqdorda qurilish chiqindilari hosil bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksdagi belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish bilan bog‘liq jarima miqdorlarini oshirish, shu bilan birga, moddaning tegishli qismiga huquqbuzarlikni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilish belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi orqali fuqarolarning ekologiya va atrof-muhitni asrash borasidagi mas'uliyatini yanada oshirishga hamda mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga erishiladi.
Bundan tashqari, mazkur Qonun bilan «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi Qonunga ham o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Xususan, tugatilgan tashkilotlar arxiv hujjatlarini tegishli arxivlarga, shu jumladan, nodavlat arxivlarini ham istisno qilmagan holda topshirish bilan o‘zgartirilmoqda.
Shu bilan birga, davlat arxivlari binolarini arxivlar tasarrufidan chiqarish normasi qat'iy belgilab qo‘yilmoqda.
Senatorlar ta'kidlaganidek, ushbu qonunning hayotga tatbiq qilinishi jamiyatimizning ko‘pgina sohalariga ijobiy ta'sir qiladi. Xususan, mazkur qonun maktabgacha ta'lim tizimini muvofiqlashtirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, daraxtlar va boshqa o‘simliklarni g‘ayriqonuniy nobud qilinishining oldi olinishi, chiqindilarni tashlashni tartibga solish orqali fuqarolarning atrof-muhitni asrash borasidagi mas'uliyatini yanada oshirishga hamda ekologik vaziyatni yaxshilash, yer osti boyliklari bilan ishlashni tizimlashtirish, hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishni yanada soddalashtirilishida dasturilamal bo‘ladi.
Shuningdek, aholining ishsiz qatlamini ish bilan ta'minlash, davlat va nodavlat arxivlarida hujjatlar bilan sifatli ishlanishi, giyohvandlik bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida kannabis o‘simligini yetishtirish va muomalada bo‘lishi sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi», deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullangan.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026