Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, hozirda uşbu xalqaro şartnomalarda tegişliça 148ta va 54ta davlat iştirok etmoqda.
Konvensiyalar sanoat, savdo va qişloq xöjaligida xodimlarning mehnat şaroitlari va uşbu sohalardagi iş jarayonida mehnat muhofazasi bilan boğliq qonun hujjatlarining qöllanilişini ta'minlaş uçun mas'ul bölgan mehnat inspeksiyasi tizimini yaratişga qaratilgan.
Hujjatlarda xodimlarning öz vazifalarini bajarişda ularni himoya qiliş va mehnat töğrisidagi qonun hujjatlari töliq ijro etilişini ta'minlaş uçun mas'ul bölgan idora sifatida mehnat inspeksiyasini taşkil etiş, uning moddiy-texnika vositalari, vakolatlari, vazifalari va funksiyalarini tartibga soluvçi asosiy qoidalar belgilangan.
Uşbu xalqaro şartnomalarga muvofiq, mehnat inspeksiyasi tizimining vazifalari quyidagilarni öz içiga oladi:
iş joylarida xodimlarning mehnat şaroitlari va mehnat muhofazasi sohasidagi, şu jumladan iş vaqti, iş haqi, mehnat xavfsizligi, soğliqni saqlaş, ayollar va bolalar mehnatidan foydalaniş hamda boşqa şu kabi masalalar böyiça qonun hujjatlariga amal qilinişini mehnat inspektorlari tomonidan ta'minlaş;
iş beruvçilar va xodimlarga mehnat qonunçiligiga amal qilişning eng samarali vositalari töğrisida tegişli axborot va tavsiyalar beriş;
vakolatli organga amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan qoidabuzarliklar yoki suiiste'mol qiliş faktlari töğrisida xabar beriş va qonunçilikni takomillaştiriş böyiça taklif kiritiş.
Xalqaro mehnat taşkilotining uşbu konvensiyalarida Özbekistonning iştiroki mehnat inspeksiyasi sohasida xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etiş orqali milliy qonunçilikni yanada takomillaştiriş va mehnat inspeksiyasi xodimlarining malakasini oşirişga xizmat qiladi, şuningdek konvensiyalarda iştirok etuvçi davlatlarning mehnat inspeksiyasi xizmatlari örtasida samarali hamkorlikni yölga qöyişga imkon beradi.
Bundan taşqari, mazkur konvensiyalar mehnat sohasida qonun ustuvorligini ta'minlaş, uning ijrosi ustidan nazoratni yanada kuçaytiriş, sanoat, savdo va qişloq xöjaligida majburiy mehnatga barham beriş, şuningdek, mehnat va bandlik sohasida inson huquqlarini ta'minlaş böyiça iş sifatini yangi darajaga kötarişda muhim ahamiyat kasb etadi.

















