Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Vena konvensiyasiga qo‘shilish haqidagi qonunni qabul qildi. Unda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27 may kungi yig‘ilishida «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, xalqaro konvensiyaga qo‘shilish natijasida fuqarolik yadro obektlarida sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar mamlakati uchun ham tatbiq etiladi. Yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishini ta’minlaydi.
Vena konvensiyasiga qo‘shilish zararni qoplashning xalqaro miqyosda tan olingan huquqiy mexanizmlarini ta’minlab, jabrlanuvchilarni himoya qilishni kuchaytiradi, yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilaydi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratadi. Bu esa milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshiradi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi va yadroviy javobgarlik sohasidagi zamonaviy standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi.
Konvensiyaga qo‘shilish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- fuqarolik yadro obektlarida sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilash;
- yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratish;
- milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yadro xavfsizligi sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash.
Konvensiya yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadroviy zarar uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadroviy zarardan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilaydi.
«Mazkur konvensiyani ratifikatsiya qilish atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish ko‘lami kengayib borayotgan hozirgi vaqtda O‘zbekistonning bu boradagi huquq va majburiyatlarining xalqaro darajada tan olinishiga va natijada yetkazilishi mumkin bo‘lgan yadroviy zararlarning o‘rnini qoplanishi kafolatlanishiga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026