O‘zbekistonning Orxus konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi
Prezident tomonidan «Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi konvensiyaga (Orxus, 1998 yil 25 iyun) O‘zbekistonning qo‘shilishi haqida»gi qonun imzolandi.
O‘zbekiston Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilmoqda.
Konvensiya fuqarolarga atrof-muhit holati bilan bog‘liq ma’lumotlardan foydalanish huquqini kafolatlaydi. Uning qoidalari davlatlardan jamoatchilikning ekologik qarorlar qabul qilish jarayonlarida, shu jumladan atrof-muhitga ta’sirni baholash, rejalar, dasturlar va tabiatga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan boshqa harakatlarda ishtirok etish mexanizmlarini ta’minlashni talab qiladi.
Shuningdek, xalqaro hujjat fuqarolarga ularning axborot olish yoki qaror qabul qilishda ishtirok etish huquqlari buzilgan taqdirda odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi. Ya’ni, fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sud yoki boshqa vakolatli organlarga murojaat qilishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi tibbiyot institutlari bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi
O‘zbekiston | 07:42
-
Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda Hazrati Xizr majmuasiga va «Boqiy shahar» bog‘iga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 07:30
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

09:01 / 21.06.2024
O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

08:46 / 30.04.2024
Kiyev inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan chetga chiqqanini rad etdi

08:13 / 29.04.2024
Kiyev urush davrida Inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan chiqadi

21:01 / 13.03.2024