Asrning sirli qotilligi – Jon Kennedi ölimi ortida kim turgandi?
|18:07 / 22.11.202083 76820 min
Bundan roppa-rosa 57 yil muqaddam – 1963 yil 22 noyabrda Dallas şahriga (Texas ştati) safari çoğida AQŞning 35-prezidenti Jon Fitsjyerald Kennedi otib öldiriladi. Uşbu voqeaga köçaning ikki tarafi böylab prezidentni köriş va olqişlaş uçun çiqqan yuzlab insonlar guvoh bölişadi. Hodisani öşa yerda bölgan önlab jurnalistlar tasvirga olişdi. Şu tariqa, uşbu voqea butun dunyoda juda katta şov-şuvlarga sabab böladi.
Quyida mazkur qotillikka kim yoki kimlar buyurtma bergani borasidagi eng maşhur 10ta faraz körib çiqiladi.
Öşa kuni nima bölgandi?
Öşa kuniyoq şahar politsiyasiga kelgan qönğiroq asosida asosiy gumonlanuvçi sifatida Li Harvi Osvaldni qölga olişadi. Şuningdek, uni yölda töxtatgan politsiyaçini öldirişda ham gumon qilişadi. Biroq Osvald uşbu ayblarni tan olmaydi. Oradan 3 kun ötib – 24 noyabrda Osvald politsiya va jurnalistlar köz öngida şahar qamoqxonasidan okrug qamoqxonasiga ötkazilayotgan bir vaqtda Dallasdagi tungi klublardan birining egasi Jyek Rubi tomonidan otib öldiriladi. E'tiborli tomoni, bu hodisa töğridan töğri efir namoyişi vaqtida sodir böladi.
Şundan söng prezidentlik lavozimiga kirişgan vitse-prezident Lindon Jonson tomonidan AQŞ Oliy sudi rahbari Erl Uorren boşçiligida prezident Kennedi ölimi sabablarini aniqlaş böyiça maxsus komissiya tuziladi. Mazkur komissiyaning 10 oylik faoliyati natijasida qotillik jinoyat paytida yolğiz harakat qilgan Li Harvi Osvald tomonidan amalga oşirilgan, degan rasmiy xulosaga kelinadi. Jyek Rubi esa prezidentning ölimi uçun qasos olganini va Jaklin Kennedining ğamini biroz aritiş uçun Osvaldni öldirganini aytadi. Biroq keyinçalik Kennedining ölimi bilan boğliq fitna nazariyalari va hatto Osvaldning bu qotillikka daxli yöq ekani töğrisida bir-biriga qarama-qarşi turli taxminlar köpayib ketadi. Garçi oradan yarim asrdan köproq muddat ötganiga qaramay, haligaça amerikaliklarning kamida 60 foizi Kennedi ölimining boş aybdorlari topilmagan, deb hisoblaydi.
Amerika jurnalistlari, prokurorlar va huquq faollari bir neça yil davomida Kennedining öldirilişi, şuningdek, bu qotillik ortida kim turgani böyiça mustaqil suriştiruvlar olib borişdi. Bu borada 600dan ortiq kitob çiqqani, bir qança hujjatli filmlar yaratilgani ham bu fikrning dalilidir.
Ba'zi taxminlarga qaraganda, quyidagilardan biri yoxud bir neçtasi prezident Kennediga qarşi qilingan suiqasdning ortida turgan bölişi mumkin.
1. Sovet ittifoqi
Li Harvi Osvaldning öldirilişi (Foto: Bob Jackson / Dallas Times-Herald / AP)
Sovuq uruş davrida bir-biriga aşaddiy raqib bölgan AQŞ va sovet ittifoqi sodir bölgan kiçik kölamdagi halokatlarni ham duşman tarafdan körişi odatiy hol hisoblanardi. AQŞ prezidentining öldirilişi esa, tabiiy ravişda, xalqaro munosabatlardagi global yetakçilik uçun asosiy raqib bölgan sovet ittifoqi, jumladan, uning xavfsizlik, taşqi va içki razvedka uçun mas'ul bölgan muassasasi – KGB (Davlat xavfsizlik qömitasi)ning Ğarb matbuotida ayblanişiga olib keladi. Bunga Harvi Osvaldning bir qança muddat sovet ittifoqida bölgani va u yerda SSSR fuqarosiga uylangani ham muayyan ta'sir körsatgandi. Osvald qölga olinganidan söng söroq qilinganida sovet ittifoqida bölgani tufayli aybni unga yuklaşayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
Tarixçilarning ta'kidlaşiça, sovetlar tomoni bu suiqasddan umuman manfaatdor bölmagan. Çunki sovetlarning AQŞ prezidenti suiqasdini uyuştirişi butun dunyoni öziga qarşi qilib qöyişga olib kelardi. Hatto Kennedi öldirilganidan söng sovet rahbariyatida bu voqea SSSRga qarşi uruş boşlaş uçun Ğarbdagi hukmron kuçlarning bahonasi bölişi mumkin, degan taxmin yuzaga keladi.
2. Vitse-prezident Lindon Jonson
Lindon Jonson Jaklin Kennedi bilan
Turli sörovnomalarga qaraganda, haligaça amerikaliklarning taxminan 20 foizi vitse-prezident Lindon Jonsonni Kennedining ölimi ortida turgan şaxs deb hisoblaşadi. Jonsonni ayblovçilar bunga asosiy sabab sifatida vitse-prezidentning Kennedilarni umuman yoqtirmaganini va 1964 yilda böladigan saylovda Kennedi ğalaba qozonsa, uni vitse-prezidentlikka qöymoqçi bölmaganligini körsatişadi. Bundan taşqari, manbalar Jonsonning Li Harvi Osvaldning qotili bölgan Jyek Rubi bilan tanişligiga işora qiladi.
Jyek Rubi
Bir qança jurnalistlar Jonsonni Kennediga qarşi şakllangan «Dallas oligarxiyasi, MRB, FQB (Federal qidiruv byurosi) va Maxfiy xizmatning mahalliy bölimlarini öz içiga qamrab olgan» fitnaning yetakçisi sifatida körsatişadi.
Bundan taşqari, köplab manbalarda vitse-prezident Jonsonning Jon Kennedi bilan munosabatlari yomon bölgani qayd etib ötilgan. Jaklin Kennedi, Kennedining Oq Uydagi şaxsiy kotibasi Evelin Linkoln, Jonsonning ma'şuqasi Madlen Braun, prezident Nikson hamda boşqa köplab odamlar vitse-prezidentning qotillikka aloqadorligi töğrisida gapirişgan.
3. Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB)
Osvaldning MRB bilan işlagani yoki bu iş ortida MRB turgani töğrisidagi fikrlar garçand «Uorren komissiyasi» va Jon Kennedi hamda Martin Lyuter King ölimi borasida tergov ötkaziş uçun tuzilgan AQŞ Vakillar palatasi qömitasi (1976-1979) tomonidan rad etilgan bölsa-da, lekin qotillik ortida maxsus xizmatlar, jumladan, MRB turgani töğrisida matbuotda bir qança şov-şuvli ma'lumotlar ham mavjud.
1995 yilda AQŞ armiyasi razvedkasi sobiq ofitseri va Milliy xavfsizlik agentligi xodimi Jon Nyuman Kennediga qarşi yaşirin operatsiyani Kubada Kastro tuzumini ağdariş uçun taşkillaştirilgan isyon muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan söng MRB direktorligidan Kennedi tomonidan olib taşlangan Allen Dalles rahbarligi ostida keçganini taxmin qiladi. Qiziği şundaki, Dalles «Uorren komissiyasi»ga a'zo bölib kirgan edi.
Ba'zi manbalarga qaraganda, nisbatan oçiq fe'lli bölgan Kennedi bölajak saylovlarda ğolib çiqqanidan söng MRB faoliyatini maxsus tekşiruvdan ötkazişni rejalaştirgan. Şuning uçun ham doim «soya»da qolişni xuş köruvçi MRB rahbariyati tekşiruvda qisman noqonuniy ma'lumotlarning jamoatçilikka ma'lum bölişining oldini oliş uçun «prezidentga qarşi fitnaga qöşilgan» degan qaraşlar ham mavjud.
4. FQB direktori Edgar Guver
Orqa fonda Jon Edgar Guver
Yana bir keng tarqalgan farazlardan biriga köra, suiqasd ortida AQŞ Federal qidiruv byurosi – (Federal Bureau of Investigation – FBI) direktori Jon Edgar Guver turgan bölişi mumkin. 1924 yilda FQBning ötmişdoşi – Qidiruv byurosi (Bureau of Investigation) direktorligiga kelgan Guver 1935 yilda taşkilotning Federal qidiruv byurosi sifatida qayta taşkil etilişida muhim rol öynaydi va uni 1972 yilda vafot etguniga qadar boşqaradi. Deyarli yarim asr – 47 yil davomida töxtovsiz ravişda, naqd 8 nafar prezident boşqaruvi ostida mamlakat içki xavfsizligiga javobgar boş muassasa direktori bölgan, na oila va na farzandlarga ega Guver hayotining mazmuni işi (ehtimol, rahbarlik kursisi) bölgan.
1962 yilda Allen Dalles MRB rahbarligidan olib taşlanganidan söng köpçilik navbat Guverga kelgani töğrisida şubha qilmay qöygandi. Şu nuqtayi nazarlardan kelib çiqib, ba'zi jurnalistlar va tarixçilar Guverni suiqasdni uyuştirgan boş sub'yekt sifatida talqin qilişadi.
Şuningdek, «Uorren komissiyasi» xulosalariga prezident ölimi böyiça tergovni bevosita olib borgan FQBning, demakki, uning direktori Edgar Guverning ham ta'siri katta bölgan.
Keyinçalik, Amerika matbuotida Guver FQB yurisdiksiyasini köp bora buzgani va hattoki öz xodimlari orqali siyosiy rahbarlar töğrisida muhim ma'lumotlar töplab borgani hamda bu ma'lumotlardan prezidentlarga bosim ötkaziş uçun foydalangani töğrisida materiallar çop etilgan. Hattoki AQŞning 1969-1974 yillardagi prezidenti bölgan Riçard Nikson 1971 yilda kiçik doirada Guverni işdan ololmasligining sabablaridan biri sifatida FQB direktorining unga nisbatan tazyiq ötkazişi mumkinligini körsatgandi.
5. Harbiy-sanoat kompleksi
1961 yil 17 yanvarda AQŞ prezidenti general Duayt Eyzenxauer öz lavozimini tark etişidan oldin qilgan xayrlaşuv nutqida xalqni harbiy-sanoat kompleksining qudrati oşib borayotganidan ogohlantirgan, hukumat işlarida uning nojoiz ta'siridan ehtiyot bölişga çaqirgandi.
Harbiy-sanoat kompleksi – bu mamlakat qurolli kuçlari va uni ta'minlovçi mudofaa sanoati (jumladan, xususiy korporatsiyalar) örtasidagi norasmiy ittifoq bölib, u davlat siyosatiga ta'sir körsatadigan manfaat sifatida qaraladi. Hukumat va mudofaa korporatsiyalari örtasidagi uşbu aloqaning yetakçi omili şundan iboratki, har ikki tomon ham bundan foyda köradi – biri harbiy qurol-yaroğlarni oladi, ikkinçisi esa ularni sotiş evaziga yaxşigina mablağni qölga kiritadi.
1960-yillar boşida Vetnamda harbiy-siyosiy mojarolar juda avj olgan bölib, AQŞning öz tarafdorlarini qöllab-quvvatlab, uşbu mamlakatga qurolli kuçlarini olib kiriş masalasi yuqori siyosiy doiralarda oçiq muhokama qilinayotgan va sönggi hal qiluvçi qarorni qabul qiliş mamlakat rahbari va Oliy boş qömondon – prezident Kennediga boğliq bölib turgandi.
Köpçilikning fikriça, Jon Kennedi Vetnamga AQŞ qöşinlari töğridan töğri kiritilişiga qat'iy qarşi edi, şuningdek, uşbu mamlakatga yuborilgan harbiy maslahatçilarni çaqirib olmoqçi bölgan. Kennedi ölimidan söng oliy rahbarlik lavozimiga kirişgan Lindon Jonson qotillikda vetnamliklarni ayblagan, oradan ma'lum vaqt ötganidan söng aynan uning buyruği bilan uşbu Janubi-şarqiy Osiyo mamlakatiga AQŞ harbiylari ommaviy ravişda kiritilgan va bu Amerikada jamoatçilik hamda hukumat örtasidagi kuçli qarama-qarşiliklarga sabab bölgandi. Bir qança siyosiy tahlilçilar va tarixçilarning fikriça, Jonsonning Kennedini vetnamliklar öldirgani töğrisidagi fikridan maqsad amerikaliklarni bölajak uruşga ruhan tayyorlaş edi.
6. Kubaliklar
Inqilobçi Fidel Kastro Kubada çiqiş qilmoqda, 1959 yil 1 yanvar (Getty)
Kennedi davrida Kubada Fidel Kastro tuzumini ağdariş uçun bir qança harakatlar amalga oşirilgan va bu «Karib inqirozi» (Kubada sovet ittifoqi yadro raketalarining joylaştirilişi böyiça uruş yoqasiga kelib qolgan AQŞ-SSSR ziddiyati)ga ham olib kelgandi. Garçand Kubada Kastro tuzumi saqlanib qolgan bölsa-da, köplab amerikaliklar uçun Kuba duşman bir davlatga aylanadi. Şuning uçun Kennedi ölimidan söng Amerika matbuotida qotillikda Kuba rahbariyati, xususan, Fidel Kastro ham ayblab çiqiladi.
Qolaversa, 1960 yil Fidel Kastroni jismonan yöq qiliş borasida MRBning bir neça bor maxfiy urinişlari töğrisidagi ma'lumotlar keyinçalik matbuotga sizdiriladi. Kennedining öldirilişini esa ayrimlar Kuba rahbarining öziga yaraşa qasosi sifatida ham baholaydi.
Şuningdek, Kennedi ölimi böyiça kubaliklarga daxldor yana bir qaraş mavjud. Unga köra, prezidentni Kastroga duşman bölgan va AQŞga köçib kelgan kubaliklar öldirgan bölişi mumkin. Prezident Kennedining Kastro tuzumini amalda tan olişi AQŞdagi kubalik immigrantlarning hafsalasini pir qiladi va ular Kennedini juda yomon körib qolişadi. Uşbu nazariya tarafdorlari fikriça, agar Kennedi ölsa, bölajak prezident yana Kuba masalasi bilan jiddiy şuğullanişiga va natijada Kastro tuzumi tezda ağdarilişiga umid qilingan.
Eng qiziği şundaki, Kennedi ölimida boş gumondor – Li Harvi Osvald ham Amerikadagi Kastro tuzumi tarafdorlari safida bölgani töğrisidagi ma'lumotlar mavjud.
7. Federal zaxira tizimi
Amerikalik taniqli jurnalist va siyosiy fitnalar böyiça bir qança asarlar muallifi bölgan yozuvçi Jim Marrs 1989 yilda naşr etilgan «Bir neça tomondan öqqa tutiş: Kennedini mahv etgan fitna» («Crossfire: The Plot that killed Kennedy») nomli kitobida prezident Federal zaxira tizimi hokimiyatini çeklaşga harakat qilgani va uning bu harakatiga qarşi bölgan kuçlar qotillikda rol öynagan bölişi mumkin degan nazariyani kötarib çiqadi.
Marrsning fikriça, Kennedi imzolagan 11110-sonli buyruq Federal zaxira banknotalarini kumuş sertifikatlarga almaştiriş yöli bilan sohadagi Federal zaxira xizmatining alohida vakolatlarini Ğaznaçilik departamenti (AQŞ Moliya vazirligi)ga ötkazişni nazarda tutgan. Soddaroq qilib tuşuntirganda, öşa vaqtgaça milliardlab dollarlarni tasarruf qiliş bilan şuğullangan Federal zaxira tizimining ta'siri keskin kamayiş xavfi ostida qolgan. Bu esa öz navbatida ularning daromadlari kamayişiga ham olib kelardi, deydi muallif.
Masalaning qiziq tarafi şundaki, Kennedining ölimidan 5 oy muqaddam imzolangan öşa qarorning ijrosi maş'um qotillikdan 3 oyça vaqt ötgaç, töxtab qoladi. Ya'ni Moliya vazirligi kumuş sertifikatlarni çiqarişni töxtatadi. Bir neça yil ötib esa 11110-sonli Buyruq rasman bekor qilinadi.
8. Texas neft magnatlari
Kennedining öldirilişi ortida turgan deb taxmin qilinadigan guruhlardan biri sifatida Texas ştatidagi neft sohasi korçalonlarini ham körsatiş mumkin.
1926 yildan beri Amerikadagi neft kompaniyalari juda katta soliq imtiyozlariga ega bölib kelardi. Hisob-kitoblarga qaraganda, öşa imtiyozlar Texas neft magnatlariga yiliga örtaça 300 million dollar (hozirgi hisobda taxminan 1,5 milliard dollar) daromad keltirgan.
Kennedi prezident etib saylanganidan söng uning asosiy maqsadlaridan biri soliq imtiyozlarini yöqotiş va şu orqali kelgan mablağ hisobiga örta tabaqaning turmuş darajasini kötarişga qaratilgan ijtimoiy islohotlarni amalga oşiriş bölgan.
1960-yillar boşida MRBda işlagan Riçard Keys Nagell haqida yozuvçi Dik Rassel tomonidan 1992 yilda qoğozga tuşirilgan «Juda köp narsani bilgan odam» («The Man Who Knew Too Much») kitobida Kennedini öldirişga qaratilgan dastlabki rejani «Hant Oyl» neft korporatsiyasi rahbari Haroldson Lafayyet Hant boşçiligidagi magnatlar moliyalaştirganini da'vo qiladi. Siyosatga öta qiziqişi bilan tanilgan hamda öta konservativ qaraşlarni qöllovçi va bu borada taşviqot işlariga mablağ ayamaydigan milliarder Haroldson Hant, şuningdek, Klint Merçisonning ehtimoliy fitna qatnaşçilari bölganliklarini Lindon Jonsonning ma'şuqasi bölgan Madlen Braun ham aytgan.
1963 yilda Kennedi neft kompaniyalari uçun asosiy soliq imtiyozlarini bekor qilişni taklif etdi va bu yirik neft biznesi vakillari doirasida katta vahima uyğotdi. Çunki bu holatda neft kompaniyalari milliardlab dollarlardan mosuvo bölardi. Lekin Kennedi öldirilganidan söng prezidentlikka kelgan Lindon Jonson va undan keyingi prezident Riçard Nikson marhum Kennedining bu taklifini hatto körib çiqişni ham rad etişdi.
9. Uyuşgan jinoiy tödalar (mafiya)
Prezident öldirilişi ortida uyuşgan jinoiy guruhlar – mafiya turganligi yoki prezidentga qarşi umumiy fitnaning bir qismi bölganligi töğrisidagi qaraş tarafdorlari ham bor. Ular Kennedi prezidentligi davrida Boş prokuror bölgan uning ukasi Robert Kennedi tomonidan uyuşgan jinoyatçilikka qarşi keng harakatlar Amerikadagi mafiya tizimlariga katta zarar keltirganini aytişadi. Ba'zi jurnalistlarning fikriça, mafiya prezident Kennedini oradan olib taşlaş orqali Robertning Boş prokuror sifatidagi faoliyatiga çek qöymoqçi bölgan.
1960-yillar boşida Robert Kennedi qöl ostida uyuşgan jinoyatçilikka, poraxör siyosiy arboblarga qarşi kuraş uçun tuzilgan bölimni boşqargan Robert Bleyki 1980 yilda yozgan «Prezidentni öldiriş fitnasi» («The Plot to Kill the President») kitobida Yangi Orlean şahridagi italyan mafiyasi yetakçisi Karlos Marçello suiqasdning bir qismi bölgani va mafiyada qotillikni amalga oşiriş uçun barça vosita hamda imkoniyatlar bölganini ta'kidlaydi.
Boş prokuror Robert Kennedining sa'y-harakatlari bilan nihoyat 1963 yil noyabr oyida Marçelloga qarşi sud böladi. Lekin prezident Kennedi öldirilişidan söng Marçello oqlanadi va ozodlikka çiqadi. Karlos Marçelloning Osvaldning qotili – Jyek Rubining yaqin dösti sanalmiş Dallasdagi yirik mafiya sardori Jozef Kampizi bilan yaqin munosabatlari ham bir qança tadqiqotçilarda jiddiy şubha tuğilişiga sabab bölgan. E'tiborli tomoni, Rubi qamoqxonada vafot etguniga qadar Kampizi doimiy ravişda uni yöqlab borib turgan va ba'zida kuniga 20 martalab Yangi Orleanga qönğiroq qilgan.
10. Milliarder Aristotel Onassis
Jaklin Kennedi 1968 yilda Aristotel Onassis bilan turmuş quradi
Kelib çiqişiga köra grek bölgan va dengiz transporti, kit ovçiligi, aviatsiya, mehmonxona biznesi, oltin işlab çiqariş va investitsion faoliyati bilan şuğullangan ayyor va ustomon milliarder Aristotel Onassis (uni köpçilik Ari deb atagan) yuqori siyosiy doiralarga yaqin bölişga intilardi. Jumladan, Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Uinston Çerçill ham milliarderning ulkan yaxtasida 8 bor mehmon bölgan va aynan uning 1958 yilda AQŞ prezidentligiga öz nomzodini qöygan senator Jon Kennedini Onassis kemasiga mehmondorçilikka taklif qilişi Aristotel Onassisga Jaklin Kennedi bilan şaxsan tanişişga imkon yaratadi.
Köpçilikning fikriça, öşa oqşomda Ari AQŞning bölajak birinçi xonimini yoqtirib qoladi. 1963 yil avgustda Jaklin Kennedining singlisi Li Radzivill uni Arining Örta Yer dengizidagi kemasiga biroz dam oliş uçun taklif qilgan. Milliarder töğrisida biografik asar yozgan Frenk Bredining ta'kidlaşiça, «Kemada haqiqatan ham sodir bölgan hodisa Aristotel Onassisning AQŞ birinçi xonimini sevib qolgani böldi».
AQŞ prezidentining kotibasi bölgan Evelin Linkolnning kitobida yozilişiça, Jaklin Kennedining milliarder yaxtasida dam olayotgani töğrisidagi turli miş-mişlar matbuotga sizib çiqqaç, Jon Kennedi qattiq ğazablanadi va xotiniga qönğiroq qilib, «xalqaro qaroqçi» Onassisning yaxtasini taşlab, tezda Vaşingtonga qaytişni buyuradi.
Erining ölimidan söng Jaklin Kennedi ikki bolasi bilan birga Manhettenda beşinçi avenyudagi uyida yaşay boşlaydi. Aristotel Onassis uni tez-tez yöqlab turadi. 1968 yilda Jaklin özidan naq 23 yoş katta bölgan Onassis bilan turmuş qurişga qaror qilganini Kennedilar oilasiga aytadi. Bundan, ayniqsa, sobiq birinçi xonimning qaynoğasi 1968 yilgi prezidentlik sayloviga öz nomzodini qöygan Robert Kennedi jiddiy norozi böladi. Ammo 1968 yil 5 iyunda Los-Anjyelesda Robert Kennedi asli falastinlik Sirxan Bişar Sirxan tomonidan otib öldiriladi. Qotillikdan 5 oydan köproq vaqt ötib esa 20 oktyabrda Jaklin bilan Arining töyi Ioniya dengizida joylaşgan milliarderga qaraşli Skorpios orolida bölib ötadi. Töy haqidagi xabardan söng Amerika matbuotida Aristotel Onassisning prezident Kennedi, şuningdek, uning ukasi Robert Kennedining ölimi ortida turgan şaxslardan biri bölişi mumkinligi haqida şov-şuvli maqolalar va hatto kitoblar ham yozila boşlaydi. Bunga asos sifatida jurnalistlar milliarderning 1960 yilda, ya'ni u Jaklin Kennedi bilan tanişganidan 2 yil ötib, xotini Afina Livanos bilan ajraşganini körsatişadi.
Ehtimol, Aristotel Onassis Jaklin Kennediga döstlik yoki sevgi sababli, balki öz nomini tarixda qoldiriş maqsadida uylangandir. Lekin bu nikoh uni Kennedining ölimi bilan boğliq gumondagi şaxslar röyxatiga qöşgani rost.
Balki 1968 yilda Robert Kennedi öldirilmaganida va u prezident etib saylanganida Jon Kennedining ölimi ortida turgan şaxs yoki şaxslar töğrisidagi ba'zi taxminiy fikrlar bölmasligi mumkin edi. Çunki öz akasi qotillarini topiş uçun Robert qölidan kelganini qilişi deyarli aniq edi. Ehtimol, u şuning uçun öldirilgandir?