AQŞ Federal tergov byurosi (FTB) sobiq prezident Jon Kennedining öldirilişi bilan boğliq 2400 ga yaqin maxfiy hujjatni topdi, deb xabar berdi Axios.

Naşrning yozişiça, FTB ilgari ularni tahlil qiliş va çop etiş uçun mas’ul komissiyaga topşirmagan. Hujjatlar tergov davomida tuzilgan 14 ming betlik jinoiy iş tafsilotlarining bir qismidir. Ular öta maxfiy hisoblanadi va heç qaçon oşkor etilmagan.

Kennedi işi böyiça materiallarning eng katta onlayn arxiviga ega Mary Ferrell jamğarmasi vitse-prezidenti Jyefferson Morli bu faktni «muhim voqea» deb atadi va bu FTB suiqasd holatlarini örganişdagi jiddiyligini körsatişini ta’kidladi.

Avvalroq, 23 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Jon Kennedi öldirilişi bilan boğliq hujjatlarni maxfiylikdan çiqariş töğrisidagi farmonni imzolagan edi.

Farmonga köra, nafaqat Kennedining öldirilişi bilan boğliq materiallar, balki uning ukasi Robert Kennedi, şuningdek, Martin Lyuter King ölimiga oid hujjatlar ham ommaga oşkor qilinişi kerak.

AQŞ 35-prezidenti Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda (Texas ştati) öldirilgan. U oçiq limuzinda ketayotib, miltiqdan öq yeb, halok böldi. Rasmiy tergov qotil Li Harvi Osvald ekanini e’lon qildi, u yolğiz harakat qilgani aytildi. Biroq, bu jinoyatda boşqa şaxslar yoki guruhlarning iştiroki haqida köplab fitna nazariyalari mavjud.

Kennedi ölimi bilan boğliq tergov hujjatlari 2017 yilda oşkor qilinişi lozim edi. Ammo Tramp prezidentligining birinçi muddatida bu jarayonni MRB tavsiyasiga köra keçiktirdi. Hujjatlar hamon maxfiyligiça qolmoqda.