O‘zbekiston | 11:30 / 23.11.2020
4138
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiyalik professor-o‘qituvchilar Toshkent davlat stomatologiya institutida ish boshladi

O‘zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch yo‘naltirilmoqda.

Joriy yilning 30 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida ta'limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin yillarda samarali natijasini ko‘rsatadigan va sohaning keyingi taraqqiyot darajasini belgilab berishda Finlandiya ta'lim tizimining ilg‘or tajribasidan foydalanish tavsiya etildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti va Finlandiyaning JAMK universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, bugungi kunga qadar bir nechta loyihalar bo‘yicha ish olib borilmoqda. Kuni kecha Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoasiga ikki nafar JAMK amaliy fanlar universiteti pedagoglari qabul qilindi. Finlandiyalik professorlar Annina Kangas-Niyemi (Annina Kangas-Niemi) va Sari Yarvinen (Sari Järvinen) «Sog‘liqni saqlash menejmenti va boshqaruvi» fanidan ma'ruza va amaliy fanlarni o‘qitishga jalb qilindilar.

Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot-xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid