O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekistonning innovatsion tizimini modernizatsiya qilish, global bozorda milliy raqobatbardoshliligi va iqtisodiyot diversifikatsiyasi samaradorligini ta'minlash hamda aholining turmush darajasini oshirish maqsad qilingan.
Prezidentning “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Ma'lum qilinishicha:
- “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini moliyalashtirish uchun Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan 2020 yil 28 oktyabrdagi Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (XTU) 5 yil imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 25 yil muddatga 50 million AQSh dollari ekvivalentidagi kredit ajratilishi ma'qullangan;
- loyihani tayyorlash uchun O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida alohida imzolanadigan bo‘nak kelishuvi doirasida 1,9 mln AQSh dollari ekvivalentidagi kredit sifatida ajratilishi ma'qullangan;
- loyihani amalga oshirish besh yil muddatga etib belgilangan (2021-2026 yillar).
Belgilab qo‘yilishicha:
- loyihani o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda loyihalar doirasida XTU kredit mablag‘larini maqsadli sarf etilishiga mas'ul ijrochi organ Innovatsion rivojlanish vazirligi hisoblanadi;
- loyihani amalga oshirish doirasidagi Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, ular bo‘yicha foizlar va vositachilik to‘lovlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
- loyihani amalga oshirish doirasida berilgan grantlar soliqqa tortilmaydi;
- Moliya vaziriga O‘zbekiston bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi kredit shartnomasini O‘zbekiston nomidan imzolash vakolati beriladi.
“O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini samarali amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida alohida yuridik maqomga ega bo‘lgan Xalqaro investitsion loyihalarni amalga oshirish markazi tashkil etiladi.
Markaz tomonidan loyihani amalga oshirish davri uchun Innovatsion rivojlanish vazirligining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Loyihani amalga oshirish doirasida:
- yuridik shaxslar — O‘zbekiston norezidentlarining daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘idan;
- loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan jismoniy shaxslar — O‘zbekiston norezidentlarining daromadlari jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
Mavzuga oid
17:34 / 02.12.2024
Sun’iy idrok tadqiqot natijalarini odamlardan yaxshiroq bashorat qilmoqda
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
20:52 / 04.10.2024
Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi
10:30 / 17.09.2024