Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda daraxtlarni noqonuniy kesishga oid qator holatlar obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari bilan bog‘liq
11 oyda poytaxtda daraxtlarni kesish bilan bog‘liq 307ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 307ta holatdan 297tasi ma'muriy huquqbuzarlik, 9tasi esa jinoiy javobgarlik bilan bog‘liq.
Toshkentda daraxtlarni noqonuniy kesishga oid holatlarning 10tasi obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari bilan bog‘liq.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusovning so‘zlariga ko‘ra, bundan keyin daraxtlarni kesishga ekologiya inspektorlari ishtirokisiz yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta'kidlanishicha, buni huquqiy jihatdan ta'minlash maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan yangi qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026